Yangiliklar tasmasi

Yevropa ligasi. Pleyoff bosqichiga qachon qur'a tashlanadi?


Muharrir: / Ko'rildi: 10212 marta
Xabaringiz bor, "Arsenal" jamoasi joriy mavsumda ketma-ket ikkinchi bor Yevropa ligasida ishtirok etmoqda.

Payshanba kuni turnirning guruh bosqich o'yinlariga yakun yasaladi va barcha pleyoff ishtirokchilari nomi ma'lum bo'ladi. Hozirda 1/16 finalga yo'l oladigan 32 jamoadan 16 tasining nomi aniq bo'lgan, jumladan "Arsenal" o'z guruhini 1-o'rin bilan yakunlashi oydinlashib ulgurgan.

Yevropa ligasi 1/16 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi, Shveytsariyaning Nyon shahrida bo'lib o'tadi va 17-dekabr, dushanba kuni, T.v.b soat 17:00 da boshlanadi. Unga ko'ra, 32 jamoa 2 ta savatchaga ajratiladi, ya'ni 12 ta guruh g'oliblari va Chempionlar ligasi guruh bosqichida 4 ta eng yaxshi 3-o'rin sohiblari 1-savatchaga, hamda guruhida 2-o'rinni egallagan va Chempionlar ligasining guruh bosqichida qolgan 3-pog'ona egalarining 4 tasi 2-savatchadan joy oladi.

Pleyoff bosqichining dastlabki raund bahslari 14-21 fevral kunlariga belgilangan bo'lib, 1-savatcha vakillari javob o'yinini o'z maydonida o'tkazish huquqiga ega.

Turnirning final uchrashuvi esa 29-may kuni Ozarbayjonning Baku shahrida o'tkaziladi.

Manba: Sky Sports
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 Mansur (471)
Surxondaryo viloyati (13.12)

Kim bn tushsa ham arsenal YUTADIIII

 BAXTIYOR (2082)
Jizzax viloyati (11.12)

Qurani kuramiz bizga kim tushishini ummuman farqi yuq

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (11.12)

Зур буладида уйинлар !

 Muhriddin (2123)
Toshkent viloyati (11.12)

Чемпионлар лигасидан яхши командалар чиқиб келади
псв валенсия ва бошқалар

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (10.12)

Бу мусобакада йул жудаям узооок

 Halilov Shaxzod (402)
Samarqand viloyati (10.12)

ligadagi asosiy raqibimiz chelse ychl 3 urin sohiblaridan keyin paydo bub qolishi mumkin

 North London (5240)
Navoiy viloyati (10.12)

Yldagi asosiy raqibimiz bu chelsi

 QARAKALPAK_ARSENAL (842)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (10.12)

Arsenalist, togri aytasz

 Arsenalist (5740)
Navoiy viloyati (10.12)

WAYNE ROONEY, menimcha dushanba kuni 16.00da

  WAYNE ROONEY (118)
Toshkent shahri (10.12)

Arsenalist, Chempionlar ligasiga qachon qura tashlanadi.

  WAYNE ROONEY (118)
Toshkent shahri (10.12)

Arsenalist, Hayrli,kech aka,agar fikringiz tög'ri chiqsa yevropa ligasida intiriga juda ham kuchayadi.

 Arsenalist (5740)
Navoiy viloyati (10.12)

Eng qizig'i Liverpul va Tottenhem ham Yevropa ligasiga tushib ketishi mumkin

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты