Yangiliklar tasmasi

Leno: "U bizning haqiqiy sardorimiz"


Muharrir: / Ko'rildi: 10290 marta
Bernd Leno jamoadoshi Loran Koselnining jamoada tutgan o'rni haqida to'xtaldi.

Uning fikricha, Koselni garchi jarohati tufayli may oyidan beri maydonga tushmayotgan bo'lsada, sardorlik vazifasini hamon bajarib kelmoqda:

"Koselni katta shaxsiyat va ulkan iqtidorga ega. U bizning haqiqiy sardorimiz.

"Tottenxem"ga qarshi o'yinda u tarkibimizda yo'q edi, lekin o'yindan 5 daqiqa oldin kelib, bu uchrashuvdagi g'alaba klub uchun, muxlislar uchun va futbolchilar uchun qanchalik ahamiyatli ekanini tushuntirdi. Aytmoqchimanki, Loran maydon tashqarisida bo'lsada, ruhan biz bilan birga.

Tarkibimizda yosh futbolchilar ko'p, bizga aynan uning kabi yetakchi kerak. U kiyim almashtirish xonasida har doim bizga maslahatlar beradi, u haqiqiy yetakchimiz" - dedi Leno.

Shu o'rinda aytib o'tamiz, Koselni kelasi o'yinlardan boshlab safga qaytishi kutilmoqda.

Manba: The Sun
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 Ibrohim (297)
Toshkent shahri (16.12)

Ha kaselni johon chempioni nomini ololmmadi lekin fransiya sardori arsenal sardori unga hamisha hurmat katta

 BAXTIYOR (2082)
Jizzax viloyati (11.12)

Ha Koselni zur himoyachi

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (11.12)

Тугри айтибди!!

 Muhriddin (2123)
Toshkent viloyati (11.12)

Яхши ўйинчи жамоани ўзи билан етаклайди

 Halilov Shaxzod (402)
Samarqand viloyati (11.12)

tirik afsonalardan biri

  WAYNE ROONEY (118)
Toshkent shahri (11.12)

Loran haqiqiy master!

 Maqsadbek (88)
Toshkent viloyati (11.12)

Sardorlarni eng yaxshisi LORAN

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (10.12)

Хар кандай хатолари учун кечириладиган сардорлардан бири бу Лоран Косельний

 Halilov Shaxzod (402)
Samarqand viloyati (10.12)

haqiyqiy sardor koselni

 North London (5240)
Navoiy viloyati (10.12)

Sautgemptonga qarwi tawaw kerak Loranni

 QARAKALPAK_ARSENAL (842)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (10.12)

Toppa togri LENO

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты