Yangiliklar tasmasi

Torreira: "Emerining qo'ng'irog'i meni hayron qoldirgan"


Muharrir: / Ko'rildi: 8915 marta
Lukas Torreira "Arsenal"ga o'tish jarayonini yodga oldi.

Bu o'rinda Unai Emerining qo'ng'irog'i muhim ahamiyat kasb etganini ta'kidladi:

"O'tgan mavsum so'ngida menga Italiya klublaridan jiddiy takliflar bor edi, lekin Angliyaga ko'chib o'tish xayolimga ham kelmagan.

Jahon chempionatidan oldin Unai Emeri qo'ng'iroq qildi va meni "Arsenal"da ko'rmoqchiligini aytdi. Bundan hayratga tushganman, aynan shu chorlov "Emirates"ga ko'chib o'tishimda muhim rol o'ynagan.

Bu yerda menga oson bo'lmasligini bilardim, chunki endi yanayam ko'proq mehnat qilishim va boshqa tilda muloqot qilishim lozim edi. Ammo quvonarlisi murabbiylarimiz asosan ispaniyalik, ular bilan bir-birimizni tushunishimiz qiyin bo'lmayapti.

"Arsenal"da meni eng quvontirgani bu muhlislarimiz, ular doim biz bilan birga. Men buyuk jamoaning bir qismi ekanligimdan faxrlanaman" - dedi Urugvaylik xavbek.

Eslatib o'tamiz, Torreira "Arsenal" safiga iyul oyida "Sampdoriya" jamoasidan 30 mln yevro evaziga ko'chib o'tgandi.

Manba: caughtoffside.com
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar
B

 Bahodir (1011)
Namangan viloyati (13.12)

Sen ham hammani hayron qoldirayapsan lekin Lukas !!!

 Mansur (471)
Surxondaryo viloyati (13.12)

Xaqiqatda ajoyib transfer bo'lgan
F

 Firdavs (6)
Sirdaryo viloyati (12.12)

salom dostlar

 Johnny Dark (4919)
Buxoro viloyati (12.12)

Qoyilmaqom transfer.

 North London (5240)
Navoiy viloyati (12.12)

Napoli ham ancha qiziqqan ekan Torreiraga yozda

 #Terri Anri# (4280)
Sirdaryo viloyati (12.12)

Haqiqatdan so'nggi yillardagi omadli transfer

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (12.12)

Мавсумнинг енг яхши трансфери булдинг.Рости анчадан бери бундай трансфер булмаганди Арсеналда

 BAXTIYOR (2082)
Jizzax viloyati (12.12)

Maladest Emeri qongiroginga asal

 Baxtiuor (470)
Toshkent shahri (12.12)

Manimcha torreyra arsenalning songi yilardagi eng omadli transfere
B

 Bahodir (1011)
Namangan viloyati (12.12)

30 mlnni allaqchon oqlab bo'ldi Lukas !

 Halilov Shaxzod (402)
Samarqand viloyati (12.12)

nasib bulsa g'olib bulamiz buyog'ini vaqt kursatadi

 Alexis-2313 (670)
Farg'ona viloyati (12.12)

Manimcha chelsi qarshilik qiladi qolganlarini eplasa buladi

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (12.12)

Европа лигаси бу йил "ЁНАДИ" Арсенал,Челси,Интер,Напол,Бенфика,Валенсия,Латцио

  Őzil_99 (10)
Andijon viloyati (12.12)

Наполи Интер Европа лигасига тушди достлар

 Kanonir (134)
Qashqadaryo viloyati (12.12)

Bizayam Torreyrade fudbolchimiz birligidan faxrlanamiz

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты