Yangiliklar tasmasi

Smit Roudan ekskulyuziv intervyu: "Bolaligimda futbolchi bo'lishni istamagandim"


Muharrir: / Ko'rildi: 8097 marta
"Arsenal" jamoasi yosh yarim himoyachisi Emil Smit Rouning intervyusini sizga taqdim etamiz.

bolaligi haqida...
"Futbolga dadam sababli qadam qo'yganman. Aynan u mening futbolchi bo'lishimni xohlagan, lekin men buni istamasdim. Futbol o'ynashni sevardim, lekin o'zimga ishonmasdim. "Arsenal" maktabiga qadam qo'ygan ilk kunlarimda ham mashg'ulotlardan so'ng ham, dadam va oyimga, 'charchadim, men kasalman, futbolga bormayman' - deya bahona qilardim. Lekin sekin-asta barchasi izga tushdi, murabbiylar menga eng muhim narsa, ya'ni ishonch bera olishdi".

"Barselona" haqida...
"Yoshligimda ko'pincha "Barselona" o'yinlarini, jumladan Messi, Xavi, Iniestaning harakatlarini ko'p kuzatardim. Bilasizmi, Kataloniyaliklar menga bir necha marta jiddiy taklif bilan chiqishgan. Ammo men bolalikdagi jamoamda qolishni istadim va bundan afsuslanmayman".

asosiy tarkibga kirib kelishi va gollari haqida...
"Mavsumoldi yig'inlari safariga meni ham taklif etishganida hayratga tushgandim. Aynan shu turneda yangi bosqichga qadam qo'ydim. Debyut golimni ham o'sha yerda urganman. Bo'sh vaqtimda ko'pincha "Arsenal" libosida urgan gollarim videosini tomosha qilaman, chunki aynan ular menga klubning bir qismi ekanimni eslatib turadi".

jamoadoshlari haqida...
"O'yinlardan oldin juda asabiy holatda bo'laman. Aynan ular meni bunday vaqtda qo'llab-quvvatlashadi. Xato qilsam, 'hechqisi yo'q, senda yana imkoniyat bo'ladi' deya ishonch berishadi".

murabbiylar haqida...
"Emeri menga doim eng kerakli maslahatlarni beradi, ko'pincha yuzma-yuz holda xato va kamchiliklarimni muhokama qilamiz. O'yinim yanayam shakllanib borayotganida Emeri va yordamchi murabbiylarning ulkan hissasi bor. Emeri bizga doim ikki narsani uqtiradi: g'alaba va o'sishdan to'xtamaslik".

Kelajagi haqida...
"Joriy mavsum men uchun ajoyib o'tyapti deb hisoblayman. Hali juda yoshman, lekin katta o'yinlarda ishtirok etyapman. Kelajakda yanada o'sishim va xatolarimdan to'g'ri xulosa qilib, mukammal o'yin ko'rsatishim lozim. Umid qilamanki, buni uddalay olaman. Orzuyim "Arsenal" bilan yuksak marralarni zabt etish" - dedi Emil Smit Rou.

Manba: Sky Sports
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 North London (5240)
Navoiy viloyati (14.12)

Sendan umidimiz katta SmitRou
P

 Profil o'chirilgan (5322)
Qashqadaryo viloyati (13.12)

Barakalla Smit Rou o'sishdan to'xtama!Nasib etsa man ham kelajakda o'g'il farzand ko'rsam futbolchi bo'lishini hozirdan orzu qilaman.Ilohim niyatimga yetay.O'sha kunlarga yetkazsin!

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (13.12)

Рахмат админлар!

 BAXTIYOR (2082)
Jizzax viloyati (13.12)

Barselona haqida
+ TUPURGANIM BOR)))

 BAXTIYOR (2082)
Jizzax viloyati (13.12)

Orzusiga gap yuq

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (13.12)

Смит Роу биз билан охиригача колишини истайман.У ажойиб уйнамокда

 ABDULLA-URAZBAYEV (3166)
Xorazm viloyati (13.12)

Ajoyib intervyu smith

 Mirkomil (3)
Andijon viloyati (13.12)

kelajak hudo hohlasa shu bola Smit

 #Terri Anri# (4280)
Sirdaryo viloyati (13.12)

Endi o'zingni ko'rsat va asosiy tarkibga mustahkam o'rnashib ol

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты