Yangiliklar tasmasi

"MYu" sobiq futbolchisi: "Sanchez "Arsenal"ga qaytsa hayron bo'lmayman"


Muharrir: / Ko'rildi: 8889 marta
"Manchester Yunayted" klubi sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis, Aleksis Sanchezning holati haqida to'xtaldi.

Uning fikricha, Chililik futbolchi yozda sobiq jamoasi "Arsenal"ga qaytishi mumkin:

"Sanchez "Arsenal" eng muhim futbolchisi bo'lgan, lekin "MYu"da unday emas, u jamoaga moslasha olmadi.

U "Arsenal" ishqibozlari tomonidan sevilgan va ularning ma'budi edi, har hafta unga ishonishardi. "Old Trafford"da esa aksincha, u bu yerda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Sanchez yozda "Arsenal"ga qaytsa, bundan ajablanmagan bo'lardim. Birgina muammo esa maosh, u "MYu"dan ketish uchun hozirgidek ish xaqi talab qilishi mumkin.

Shuningdek, Chempionlar ligasida o'ynashni istaydi, "Arsenal" esa mazkur turnirga yo'llanma olish uchun mustahkamroq holatda turibdi" - dedi Kanchelskis.

Ma'lumot uchun aytib o'tamiz, hozirda jarohat olib safdan chiqqan Sanchez, joriy mavsum "qizil iblislar" safida bor-yo'g'i bitta gol urgan.

Manba: Metro
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar
1 2 »

 Ibrohim (297)
Toshkent shahri (16.12)

Arsenalga kerak emas unda mihitaryan uynamaydi menga Sanchez dan kura baiiy maqul himoya qurgon kuchli busa galaba bizda buladi

  zinnur (738)
Toshkent shahri (16.12)

Kesa zarar qimidi chapta oynatamiz lakazet markazda obamiyang ongda kezi kesa joyini almashtirip oyniveradi zor juflik boladi
E

 Elyorbek (377)
Andijon viloyati (15.12)

O'zi ketar yor yor
O'zi kelar yor yor ekanda

 BAXTIYOR (2082)
Jizzax viloyati (15.12)

Ummuman kerakmas chirik

 Botir (127)
Samarqand viloyati (15.12)

endi arsenal unga katta maosh bermasa kerak

 Isamir (1368)
Andijon viloyati (15.12)

Arsenalga qaytsa omasli kere arsenal sanchesga faqat pul kere boganmi endi yurorsin oshatta hozirgi Arsenal M yu dan kuchli hullas

 Abbos (53)
Farg'ona viloyati (15.12)

Kesn zör men Sanchezn xurmat qilaman Arsenalga köp foydas tekan

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (15.12)

Навбахор бош мураббийи

  WAYNE ROONEY (118)
Toshkent shahri (15.12)

Sanchez ning holatida hozir 2ta muammo ko'ryapman.katta maosh olishi,hamda taktikaga mos tushmayapti.

  WAYNE ROONEY (118)
Toshkent shahri (15.12)

Alexis Myuga kerak bo'lib qoladi,navbahorga yaxshilab qara
B

 Bahodir (1011)
Namangan viloyati (15.12)

Qaytsa yaxshikuya lekin kimni qurbon qilamiz zahiraga. 30 ga kirgan sanchez yaxshimi yoki 26 yoshkik Lakazettmi ? E qo'yinglarey shu mavzuni ?

 AZIMJON (6853)
Andijon viloyati (15.12)

Umuman kerakmas

 Mesut-ozil11 (3896)
Farg'ona viloyati (15.12)

futbolda xar nima bo'lishi mumkun koʻramiz lekin man sanchesni qaytishiga ishonmiman

 MICHAEL (400)
Andijon viloyati (15.12)

Ketib katta hato qilgan agar qaytsa o'ziga ancha foydaliroq bo'ladi myda zahirada o'tirgandan ko'ra

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (15.12)

Men ham qarshimasman qaytishiga.Chunki Sanchez qiyin damlarda jamoani torta olgan.Ichki muhit?Emeri jamoani tartibga sola oladi.

  Jasurbek (749)
Farg‘ona viloyati (15.12)

Men ham Sanchesni qaytishini istardim. Qaytsa faqat hursand bo‘laman
B

 Bahodir (1011)
Namangan viloyati (14.12)

Janob Kanchelskis siz Sanchezni emas Bizni Navbahorni o'ylang. Inshoolloh Hudo hohlasa bu mavsum Navbahor ham Arsenal ham chempion bo'ladi !

 Shohruhbek Yoqubjono (103)
Farg'ona viloyati (14.12)

Qaytsa zor bolardi

 Shahzod (112)
Sirdaryo viloyati (14.12)

Kimda iptv bor

 Nurullox (528)
Toshkent shahri (14.12)

Man shuni orzu qlardim

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты