Yangiliklar tasmasi

"Sautgempton"ga qarshi markaziy himoyada kim o'ynaydi?


Muharrir: / Ko'rildi: 8703 marta
Unai Emeri "Sautgempton"ga qarshi o'yin oldidan markaziy himoya chizig'ida jiddiy muammolarga duch keldi.

Shkodran Mustafi va Sokratis Papastatopulos sariq kartochkalari ko'payib ketgani sababli diskvalifikatsiya qilingan bo'lsa, Rob Holding jarohati tufayli mavsum so'ngigacha safdan chiqqan. Konstantinos Mavropanos hali to'liq sog'ayishga ulgurmadi.

Shu tariqa mazkur pozitsiyada birgina Loran Koselni bor xolos. Ammo uning olti oydan so'ng endigina maydonga qaytganini hisobga olib aytganda, Premyerliga uchrashuviga tayyor deyish biroz mushkul.

Ta'kidlanishicha, yakshanba kungi uchrashuvda Granit Jaka himoyachi sifatida to'p surishi mumkin. Shuningdek, Nacho Monreal va Stefan Lixshtaynerlar ham qanot himoyasidan, markazga ko'chirilishi kutilmoqda.

Manba: arseblog.com
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 North London (5240)
Navoiy viloyati (15.12)

Agar avvalgi o'yinlat singari 3 ta markaziy himoyachi bn öynasak kosielni va uning 2 tarafiga lixteshtayner va monrealni tuwiriw kerak

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (15.12)

El nenniy degan odam bolardi tirik bo'lsa o'sha bolani qo'yinglar.Jaka bechora eshshak bo'ldi hamma joyda o'ynab

 BAXTIYOR (2082)
Jizzax viloyati (15.12)

Koselniga Genduzi zur partnyor buladi lekin

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (15.12)

Хеч ким колмабди-ку химояда!

 Zokir (89)
Toshkent viloyati (15.12)

Emeri yo'lini topadi
s

 sobir (262)
Toshkent shahri (15.12)

Leno
Lixshtayner Koselny Monreal
Bellerin Toreira Jaka Koloshinas
Mxitaryan Aubameyang Iwobi
Taxmin
s

 sobir (262)
Toshkent shahri (15.12)

Elneny va Jenkinsonni faqat sotish haqida oylash kere manimcha
s

 sobir (262)
Toshkent shahri (15.12)

Elneny va Jenkinsonni faqat sotish haqida oylash kere manimcha
s

 sobir (262)
Toshkent shahri (15.12)

Pleguezueloni tushirib Korsa bolmaydimi Koselny bn
s

 sobir (262)
Toshkent shahri (15.12)

Pleguezueloni tushirib Korsa bolmaydimi Koselny bn
A

 Arsenal (68)
Navoiy viloyati (15.12)

Emeri ga shu uyin yana sinov buladi

 Ektor Belerin (314)
Surxondaryo viloyati (15.12)

koselni va monreal yaxshi variant. o'z pozitsiyasida yaxshi o'ynayapti jaka
B

 Bahodir (1011)
Namangan viloyati (15.12)

Jaka ham eplaydi bemalol himoyani

 AZIMJON (6853)
Andijon viloyati (15.12)

Mana haqiqiy bosh og‘rig‘i menimcha Elneni markaziy himoyadayam o‘ynagandi Venger davrida shuni sinab ko‘rish kerak

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты