Yangiliklar tasmasi

Pochettino bir ko'rsatkich bo'yicha Vengerni ortda qoldirdi


Muharrir: / Ko'rildi: 9221 marta
Mauritsio Pochettino "Tottenxem" jamoasi boshqaruvida "Byornli"ga qarshi o'yinda APLdagi 100-g'alabasiga erishdi.

Buning uchun Argentinalikka mutahassisga 169 ta o'yin kerak bo'ldi va bu borada u "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Vengerdan kamroq o'yin sarfladi. Venger 100 ta yutuqqa erishish uchun 179 uchrashuvda shogirdlarini maydonga boshlab tushgan. E'tiborlisi, 69 yoshli fransuz ushbu ro'yhatda ham o'zining "sevimli" pog'onasi bo'lgan, 4-o'ringa tushib ketdi.

Premyerligadagi g'alabalar soni bo'yicha 100 lik dovondan o'tish uchun eng kam o'yin o'tkazgan murabbiylar esa Joze Mourinyo (142 o'yin) va Sir Aleks Fergyusonlar (162 o'yin) sanaladi. Vengerdan keyingi o'rinlarda Rafael Benites (181) hamda Klaudio Raneyrilarni (187) ko'rish mumkin.

"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola hisobida esa hozircha 93 bahsda, 69 g'alaba mavjud.

Manba: sportskeeda.com
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 Halilov Shaxzod (402)
Samarqand viloyati (16.12)

Vengerdan hali beri utol maydi chunki utishi uchum unga yana 20-yil bor

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (16.12)

Gvardiola men uchun murabbiy emas shunchaki play steyshn oynaydigan bola.Uning qo'lida istagan futbolchisi bor.Bu murabbiylikmas.Marhamat chempionshipdan jamoa berishsa unga tentirab uyini topolmay qoladi

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (16.12)

Калбош чатокку

 BAXTIYOR (2082)
Jizzax viloyati (16.12)

Vengerni APL da eng kup uyin utkazgan rekortini xech kim yangilolmedi

  WAYNE ROONEY (118)
Toshkent shahri (16.12)

Gvardiola haqida mish-mish lar avj olmoqda,shayxlar bu mavsum Chl ni qo'lga kiritmasa Pep Gvardiola ni iste'foga chiqarishi mumkin ekan,uning o'rniga esa fransiyalik nomzod larni ko'rib chiqishmoqda,uzunquloq gaplarga qaraganda zinedin Zidanni mcfc juda manfaatli taklif bilan mufc dan og'dirib olmoqchi ekan.

  WAYNE ROONEY (118)
Toshkent shahri (16.12)

SAF,WENGER BARIBIR N1.POCCHETINO 1000ta yutsa ham sovrin yuta olmasa bu kerak emas.

 North London (5240)
Navoiy viloyati (16.12)

Zato Wenger darajasigacha chiqiwga bunga hali ancha bor, chiqolmasa hma kerak

 GunnersFan (3707)
Namangan viloyati (16.12)

Menimcha Gvardiola xammasidan o'tib ketsa kerak.

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты