Yangiliklar tasmasi

Peti: "O'zil xuddi faoliyatini yakunlayotganga o'xshaydi"


Muharrir: / Ko'rildi: 9889 marta
"Arsenal"ning sobiq a'zosi Emmanuel Peti, Mesut Ozil haqida tanqidiy fikrlar bildirdi.

Uning fikricha, Ozil, faoliyatini yakunlash arafasida turgandek taassurot uyg'otmoqda:

"Menimcha, unda motivatsiya va istak yo'qolgan. U go'yo faoliyatini yakunlayotgandek ko'rinmoqda.

O'yinchilarda motivatsiya yo'qolishi ko'p uchraydi. Biz robot emasmiz. Ba'zida yangi mavsumga kirish jarayoni odatdagiday bo'lmaydi. Har doim bir xil darajada o'ynash qiyin.

Agar siz katta maosh olayotgan bo'lsangiz, allaqachon ko'plab sovrinlar yutgan bo'lsangiz va shaxsiy hayotingizda muammolar bo'lsa...

Uning hayotida qanday muammolar borligini bilmayman, lekin maydonga deyarli tushmayotgani o'zining sha'ni uchun ham yaxshi emas. Bu katta sharmandalik, chunki u nafaqat o'zi uchun, balki jamoasi uchun ayrim vazifalarni bajarishi kerak. U go'zal futbolchi, lekin sevilishga loyiq bo'lishi lozim.

Hozir yanvar oyi. Ikki haftadan so'ng transfer oynasi yopiladi. U "Arsenal"dan ketadiganga o'xshamaydi. U qayerga ketgani ma'qul? Xitoyga? To'g'ri. Siz uni faoliyatini Xitoyda tugatishini xohlaysizmi?

Meni ham Xitoyga hech qanday qarshiligim yo'q, lekin O'zil kabi o'yinchilar bunday qilishmaydi" - dedi Peti.

Manba: Mirror
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 Halilov Shaxzod (402)
Samarqand viloyati (17.01)

buyog'ini o'zilni uzi bilsdi unga nima bulganini

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (17.01)

Балки шундайдир!

 Islomkhon (472)
Toshkent shahri (17.01)

Peti to'g'ri etibdi. Arsenalda eng ko'p maosh oladigan o'yinchi bu O'zil. Oladigan maoshiga yarasha sevilishi kerede to'ri chunila xammela.

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (17.01)

Эмери юлдузлар билан ишлай олмайди.Нима десангоар хам мен Анчелотти номзодини кутгандим Эмеридан олдин.
Пети Узилни кавлагунча Эмери акангдан хам хабар ол

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (17.01)

Эмери юлдузлар билан ишлай олмайди.Нима десангоар хам мен Анчелотти номзодини кутгандим Эмеридан олдин.
Пети Узилни кавлагунча Эмери акангдан хам хабар ол
S

 Sherzod (1)
Andijon viloyati (17.01)

ozil ketmidi
P

 Profil o'chirilgan (5322)
Qashqadaryo viloyati (17.01)

Peti xabaring yoqmi Özil erga tegyabdi.

 A G N ... (57)
Toshkent viloyati (17.01)

Özil ni özi ham bilmasa kerak nima istayotganini?

 Mesut-ozil11 (3896)
Farg'ona viloyati (17.01)

oʻzil mavzusi xam tezroq tugamadi

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты