Yangiliklar tasmasi

Petit Arsenal transfer siyosatini tanqid qildi!


Muharrir: / Ko'rildi: 6368 marta
Arsenalning sobiq yarim ximoyachilaridan biri Emanuel Petit, Arsenalning qishgi transferi haqida juda ham "ajoyib" fikrlari bilan tanqid qilib o'tdi. U shuningdek, o'z fikrlari orasida Arsenal rahbariyati Arsen Vengerni nega istefoga chiqarib yuborganini hali hamon tushinib yetmayotganligini ham qo'shimcha qildi. Marhamat uni fikrlarini bir o'qib ko'ring-a!
"Arsenal o'tgan mavsum qish qish oylarida Arsen Vengerni istefoga chiqarish masalasini ko'rib chiqib, uni ishdan olinishini bir ovozdan ma'qullashdi. Shuningdek jamoaga yangi keladigan murabbiyga katta miqdordagi transferlar uchun summa ajratmasligini ham shu majlisning o'zidayoq ko'rib chiqildi. Men uchun Arsenlning oxirgi yillardagi eng og'riqli joyi bu - himoyadir. Agarda himoyaga yaxshi yaxshi transferlar bilan o'yinchilar olib kelinmas ekan, Arsenal biror yutuqqa erishishini imkoni yo'q".
"Emerining futbol haqidagi fikrlari sayoz bo'lsa kerak, chunki unga qishgi transferlar uchun hech qanday summa ajratilmasligi sharti qo'yilsa ham qabul qilaverdi".
"Manchester Yunayted, Liverpul va Manchester sitining transferlar oynasida qanchalik faol ekanligiga e'tibor bering va Arsenalni transfer siyosatiga qarang farqni ko'ryasizmi?!"
"Tottenhem transferlarda faol emas, chunki ular ham Arsenalni bir vaqtlar qilgan ishini amalga oshirishmoqda, ya'ni yangi stadion qurish ishlarini boshlab yuborishgan. Shunga qaramay o'z yetakchilarini sotishmayapti. Bu Arsenalni qilgan ishlariga baxona bo'la olmasligini ko'rsatib qo'ydi".
Men rahbariyatdan shularni so'ramoqchiman: "Madomiki Arsen Vengerni ishdan olib uni o'rniga boshqa murabbiyni olib keldingiz, nega unga o'zi istaydigan jamoanin qurishida yordamchi bo'lmayapsiz?! Transferlar uchun pul yo'q!!! Unda nega Vengerni ishdan oldingiz?!"
"Arsenalning himoya chizig'i eng zaifidir, qishgi transfer vaqtida himoyachi olinmaganligiga hayron qoldim, lekin butun muammolar bir yoki ikki o'yinchi olish bilan hal bo'lib qolmaydi. Kuchli jamoalarga qarshi o'yinlarda himoya chizig'ining juda ham zaif ekanligini ochiq ko'rinib turishiga qaramay, Emeri himoya chizig'ining kuchli ekanligini aytib turishi meni yana bir bora hayratlantirmoqda" deb o'z fikrlariga nuqta qo'ygan Petit.
Manba: Fapl.ru
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 Rais_buva (80)
Qashqadaryo viloyati (11.02)

Taaaak baribir gapida sal jon bir mavsum koʻrsatib qoʻydi himoyani shisha ekanligini

 Islomkhon (472)
Toshkent shahri (10.02)

Qoyil Peti qoyil

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (10.02)

Кимда хато келмас садо.

 Johnny Dark (4919)
Buxoro viloyati (10.02)

Azizbek, Arsenal birinchi o'rinni olganda ham Kronke it transferlarga pul ajratmaydi.Kronke o'lib qutulmasak ,hali beri klubni sotadiganga o'xshamaydi bu qari to'nka.

 #Terri Anri# (4280)
Sirdaryo viloyati (10.02)

Yozgi transferlar vaqtida 2-3 ta yaxshi himoyachi olishimiz kerak.

 #Terri Anri# (4280)
Sirdaryo viloyati (10.02)

Petitning hamma gaplari to'g'ri ohirgi vaqtlarda eng og'riqli nuqtamiz ham himoya chizig'i bo'lmoqda

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (10.02)

Кучли туртликка кира олсак менимча хаммаси булади.Пул хам трансферлар хам.
Эмерининг уйинга нисбатан танлайдиган тактикаси хам узгаради менимча

 АбдулХалим (345)
Andijon viloyati (09.02)

haqiqat doim shundaqa achchiq boladi. kronke shunchaki u biznesmen uning maqsadi pul topish yuqotish emas. 2 3 yil oldinlari biz mavsumdi kamida 100 mln funt daromatda tugatardik endi esa borgan sari daromadlar pasayip transferlarda omadsizlikga uchramoqdamisiz

 Arsenalist (5740)
Navoiy viloyati (09.02)

Yozda Yumtiti va Fekir (Lyakazetni döstlari) va Leon Beylini olish kerak

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты