Yangiliklar tasmasi

Arsenal rahbariyatidan mahalliy muxlislarga hushxabar!


Muharrir: / Ko'rildi: 6513 marta
Londonning "Arsenal" jamoasi kelasi mavsumdagi mehmon o'yinlari uchun chiptalar narxini e'lon qildi. Unga ko'ra kelasi mavsumdagi mehmon uchrashuvlariga ajratilgan chiptalarning o'rtacha narxi 26 funt sterling deb baholandi. Bu xolat amalga oshadigan bo'lsa, Arsenal rahbariyati jamoaning mahalliy muxlislariga qulaylik yaratgan bo'ladi. Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, bu ishni rahbariyat 3 yildan beri amalga oshirib kelmoqda. Agar bu ish APL tomonidan rasmiy ravishda qabul qilinsa ketma-ket 4-yil Arsenal muxlislari shu qulaylikdan foydalnishlari mumkin bo'ladi.
Arsenal rahbarlaridan biri Vinai Venkashetam bu haqida shularni ma'lumot sifatida aytib o'tdi. " Biz jamoamiz muxlislariga qulayliklar yaratishdan juda ham mamnunmiz, shunday ishlashda davom etamiz deb muxlislarimizni ishontira olamiz. O'rtacha xisobda 30 funt emas, 26 funt bu ajoyib kelishuv deb o'ylayman va bu kelishuvimiz amalga oshadi deb o'ylayman. " deb so'zlarini iqtibos keltiradi Arsenalning rasmiy sayti.

Manba: Arsenal.com
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 Abbos (53)
Farg'ona viloyati (11.02)

Abdumajid, raxmat sizga

 Abdumajid (4922)
Toshkent shahri (10.02)

"..." Karrager xuddi o'zini paytida Liverpuli bir narsani qotirib qo'ygandek xozirgi Chelsini Arsenalni xolatiga o'xshatipti. Karragerni twitterini bilganimda Karrager "..." sani o'sha ko'klarga ko'tarayotganing Liverpul oxirgi martta APLni qachon yutgan? deb bir yedirardim...

 Abdumajid (4922)
Toshkent shahri (10.02)

Abbos, 3-4 yil oldin bir saytda o'qiganidim, o'sha vaqtda eng arzon bilet 28 funt eng qimati 165 funt edi. Xozir bilmadim. APL jamoalarida har doim o'zgaradi. Keyin Arsenalda mavsumiy obuna bo'lish ham bor. Ba'zi muxlislar yillik o'zining tan narxidan azronlashtirilgan joylarni bir mavsum davomida "bron" qilib qo'yishadi.

 Abdumajid (4922)
Toshkent shahri (10.02)

Islomkhon, Bu bola bilan Liverpul jiddiy tarzda qiziqayotgan ekan. Bir futbolchini jamoa tanlashdagi birinchi qarashi bu jamoaning chempionlar ligasida o'ynab o'ynamasligi bo'lsa kerak. Agar Arsenal, o'zi yozda tuzukroq transferlarni amalga oshiraman desa, yo kuchli to'rtlikka kirishi kerak yoki Yevropa ligasida g'olib bo'lishi kerak.

 Abdumajid (4922)
Toshkent shahri (10.02)

Islomkhon, Julian Brand degan bolani o'yindagi xolatlarini ko'rdim. Manga yoqqan jihati, universal o'yinchi ekan, ya'ni ikkila qanotda ham yaxshi xarakat qila olar ekan. Ivobedan bu borada kuchli ekanligi aniq, chunki Ivobeni citiga qarshi o'yinda o'ng qanotda qanaqa harakat qilishini ko'rdik. Faqat man ko'rgan videolarda juda ham ko'p aldab o'tishga harakat qilgan. Bu holati Arsenal uchun qanchali foydali buni faqat arsenalga kelsagina bilsak bo'ladi. Ivobega o'xshab topni qizg'anishlik darajasi qay axvolda buni o'yinini ko'rmasdan turib fikr bildirib bo'lmaydi.

 Abbos (53)
Farg'ona viloyati (10.02)

Arsenal stadioni Emeretisga kirish chiptasn narx necha pul kim bilad???

 Obidjon Rahimov (3608)
Samarqand viloyati (10.02)


 Islomkhon (472)
Toshkent shahri (10.02)

Abdumajid, Qoyil. Do'stim "Maynz - Bayer" o'yini abzorini inernettan ko'rin 5 minutli video kecha o'ynadi. Arsenalga man taklif qigan o'yinchi Bayerdan "Julian Brandt" ni o'yinini ko'ras. I manga o'z fikrizzi etas.

 Mesut-ozil11 (3896)
Farg'ona viloyati (10.02)

muxlislar kamaygan sari chiptalar xam tushadida

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (10.02)

Yaxshi yangilik
Nasib qilsa men ham Emireyts ga borib o'yinni kuzatish niyatim bor

 Abdumajid (4922)
Toshkent shahri (10.02)

1£=11100 so'm. 26£=288600 so'm.

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (10.02)

26 фунт канча булади Сумга?

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты