Yangiliklar tasmasi

Hadrsfeld - Arsenal o'yinining analizi!


Muharrir: / Ko'rildi: 5981 marta
Kecha Angliya Premyer ligasi doirasida Hadrsfeld va Arsenal jamoalari o'zaro baxs olib borishdi. O'yindagi ba'zi o'yinchilarimizning xolatlari haqida to'xtalib o'tmoqchimiz. O'yinchilarni o'yinlarini tahlil qilishdan oldin, shuni ham ta'kidlab o'tishimiz kerakki, bu g'alaba 2019-yilda mehmondagi ilk g'alabamiz edi.

Hosh, ana endi ba'zi o'yinchilarimizning o'yindagi xolatlariga to'xtalib o'tamiz:

"Jamoamizning bu mavsumdagi kapitani hisoblanmish Loran Koselniyning bu o'yindagi xolati haqida nima deyishimiz mumkin. Kosleniy kecha yana bir bora gol o'tkazib yuborgan bo'lsak ham, o'yinning eng yaxshilari qatoridan tushib qolmadi. Birinchi bo'limda "umumjamoa" holatida tartibli ximoyalandik. Ikkinchi bo'limda esa, Hadrsfeld jamoasi futbolchilari bor kuchlari bilan oldinga tashlanishdi. Ikkinchi bo'limda Koselniy bir necha vaziyatlarda raqib futbolchilarini to'xtatib qolishga erishdi. Jamoaning shu kungi boshqa ximoyachilariga qaraganda o'yini ochiqchasiga yaxshi tomondan ajralib turdi. Bir necha vaziyatda "ajoyib patkat"lari bilan raqiblardan topni olib qo'ydi. O'yin davomidagi aktivligini bo'shashtirmagan himoyachimiz g'alabaga o'zining eng katta xissasini qo'shdi".

"Endi jarohatdan, endigina qaytgan o'yinchimizning, bu o'yindagi xolatiga nazar tashlasak". "O'zil, Remzi va Obameyanglarni yo'qligi, Mikining bu o'yinda yaratichilik salohiyatini, imkoniyatidan ortiqroq darajada ishga solishiga majbur qildi. 19- dekabrdagi Tottenhem bilan o'yinda orttirib olgan jarohatidan endigina tuzalib qaytgan futbolchimiz birinchi bo'limda jamoamizning "motori" vazifasini a'lo darajada bajardi. O'yin davomida bir xil "temp"da harakat qila olgan kam sonli futbolchilarimizdan biri bo'ldi. Ayniqsa jamoaning ikkinchi golida juda katta xissasi borligini inkor qilib bo'lmaydi. O'sha vaziyatda oldiniga topni yo'qotgandek ko'rindi, lekin o'zining sa'y harakatlari evaziga harakat qilib topni raqibdan olib qo'yishga muvoffaq bo'ldi va qanotdan tezlik bilan ochilib kelayotgan Naylzga yetkazib berdi. Naylzning bergan pasini esa Lyakazet darvozaga joylab qo'ydi. Ikkinchi bo'limda ham Ivobeni top bilan juda yaxshi ta'minladi, lekin Ivobening jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi. Mikining o'yinida biror pasayish yo'qligidan xursandmiz".

Ana endi o'yinning bizga taqdim qilgan natijasiga qarab shularni aytishimiz mumkin: "Kecha biz har bir muxlis kabi jamoamizning ketma-ket xujumlariyu raqibga umuman o'yin bermasligini kutdik, lekin bir narsani esdan chiqarmaylik. Sevimli jamoamiz so'nggi paytlarda mehmonda ijobiy natijalarni qo'lga kirita olmayapti. Bundan oldingi 6 mehmondagi o'yinimizdan atiga 2 ochkogina ishladik xalos. Shuning uchun ham bu o'yindan oldin futbolchilarimizu murabbiylarmizda bosim keragidan ko'proq edi va bu o'yin davomida ham o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmadi. Eng keraklisi biz g'alaba qozondik va kuchli to'rtlik uchun kurashda davom etishimizni isbotladik".

Manba: Arsenal.com
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (11.02)

Реалда Иско булмаса ютябди кизикарли холат.
D

 Djavlon (2)
Toshkent shahri (11.02)

Etibor bersela ozil yoq oyinda yutvomiz
D

 Djavlon (2)
Toshkent shahri (11.02)

Xammaga salom

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (11.02)

Мики тажрибали уйинчи.Косельний еса яна икки мавсум ажойиб уйнай олади

 Islomkhon (472)
Toshkent shahri (11.02)

Geynrix Mxitaryan. Arsenalda eng sevimli o'yinchilarimdan 1 tasi.

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты