Yangiliklar tasmasi

"Maqsadimiz - kuchli to'rtlik" - Bernd Leno


Muharrir: / Ko'rildi: 5535 marta
Bernd Leno "Arsenal" jamoasining Premyerliga bahslarida kuchli to'rtlikka kirish uchun oxirigacha kurashishlarini ta'kidladi.

"Yuqori to'rtlik uchun barcha (uch jamoa) da yaxshi imkoniyat bor. "Chelsi" bilan bir xil ko'rsatkichga egamiz va "MYu"dan bir ochko ortda qolyapmiz.

Endi har bir o'yinda g'alaba qozonishimiz va raqiblarimizning xato qilishini kutishimiz kerak.

"Xaddersfild"ga qarshi bahsda uzoq vaqtdan so'ng nihoyat safarda g'alabaga erishdik. Oldindagi o'yinlarga yanayam jiddiyroq tayyorlanishimiz lozim, shundagina maqsadga erisha olamiz" - dedi Leno.

Eslatib o'tamiz, hozirda turnir jadvalida "Manchester Yunayted" klubi 51 ochko bilan 4-o'rinda borayotgan bo'lsa, 50 tadan ochko to'plagan "Arsenal" va "Chelsi" keyingi pog'onalarni band etgan.

Manba: tribalfootball.com
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 North London (5240)
Navoiy viloyati (13.02)

Qolgan o'yinlarda maksimalga yaqin natija kutamiz)

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (12.02)

Бу енди кийин!

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (12.02)

Leno haqiqatda ajoyib darvozabon ekan.Ko'z tegmasin

 Abdumajid (4922)
Toshkent shahri (11.02)

Leno sanga rahmat Hadrsfeld bilan o'yinda eng kamida 2 ta golli zarbani qaytarding. birga bir qolgan vaqtlarda ham dovdirab qolmadi. Manga o'sha kungi o'yini yoqdi

 Johnny Dark (4919)
Buxoro viloyati (11.02)

Totenham va Myu.ga qarshi o'yinda nima qilib bo'lsa ham g'alaba qozonish kerak aks holda ......

 Arsenalist (5740)
Navoiy viloyati (11.02)

Kecha Chelsi 0-6ga yutqazsa, ulardan özib ketarkanmiz deb öylab qöygandim, qarangki xuddi shunday böldi

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты