Yangiliklar tasmasi

"Ijaradagi o'yinchilarimizda nima gaplar"!


Muharrir: / Ko'rildi: 5797 marta
"Londonning "Arsenal" jamoasidan mavsum so'nggiga qadar ijaraga berilgan futbolchilarning bu haftani qanday holatda o'tkazganliklari to'g'risidagi ma'lumotlar bilan tanishamiz".

"Reis Nelson-"Hoffenhaym". Shanba kuni "Hoffenhaym" jamoasi "Borussiya D" mehmoni bo'ldi. Uchrashuv 3-3 xisobida yakunlandi. Nelson uchrashuvning 70-daqiqasida maydonga tushdi. Qizig'i Nelson maydonga tushayotganda "Hoffenhaym" jamoasi 3-0 xisobida mag'lub bo'layotgan edi, so'ngra "Hoffenhaym" 75-83-87-daqiqalarda gollar urib xisobni 3-3 ko'rinishga olib kelib, nihoyasida durrangga erishdi".

"Emiliano Martinez-"Reading". Shanba kuni "Reading" jamoasi "Sheffild Wed" mehmoni bo'ldi va o'yin 0-0 xisobida yakuniga yetdi. Martinez 90 daqiqa maydonda harakat qildi va bu o'yinda 7 seyvni amalga oshirdi. Shunday qilib Martinez "Reading" jamoasidagi ikkinchi o'yinini ham "quruq" o'tkazishga muvoffaq bo'ldi. Eslatib o'tamiz, ertaga ya'ni chorshanba kuni "Reading" jamoasi "Blackbern" jamoasini qabul qiladi".

"Calum Chambers-"Fulhem". Shanba kuni "Fulhem" jamoasi o'z maydonida "Manchester Yunayted" jamoasini qabul qildi va 0-3 xisobida imkoniyatni boy berdi. Chembers esa o'sha kun 90-daqiqa davomida maydonda harakat qildi".

"Beilek-"Charlton". Shanba kuni "Charlton" o'z maydonida "Sauthend" jamoasini qabul qildi va uchurashuv 1-1 xisobida yakinlandi. SHu kuni Beilek 90-daqiqa harakat qildi. Uchrashuvning 82-daqiqasida esa sariq kartochka bilan jazolandi".

"David Ospina-"Napoli" va Matt Macey-"Plymouth Argyle" bu o'yinchilarimiz maydonga tushishmadi. Takumo Asano va Emil Smitt Rou esa jarohatlari sababli maydonga tushishmadi".

Manba: Arsenal.com
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 North London (5240)
Navoiy viloyati (13.02)

Emiliano Martinez esa reading uchun 1-öyinida man of the match bo'libdi!

 North London (5240)
Navoiy viloyati (13.02)

Chambers fulhamda zo'r o'ynayapti tayanch zonasida. Keyingi mavsum uni asosiyda öynatish kerak jamoaga qaytarib

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (13.02)

Рахмат админ!

 arsenalmax (2969)
Toshkent shahri (13.02)

bulani ichida Nelsini orqaga qaytarsa boladi u Arsenali kuchaytira oladi

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (12.02)

Нельсон ва Чемберс усишга эришмокда.Смит Роу хали пишмаган

 ARSENAL49 (828)
Farg'ona viloyati (12.02)

Nelson ham yahshi

 АбдулХалим (345)
Andijon viloyati (12.02)

ижарадагилар хам жудаа иктидорлилар емас. Смит роу сал яхширок

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты