Yangiliklar tasmasi

"Yuventus" rahbari: "Remzi hech qachon o'zining eng ideal pozitsiyasida o'ynamagan"


Muharrir: / Ko'rildi: 10094 marta
"Yuventus" sport direktori Fabio Paratichi jamoaning yangi a'zosi Aron Remzi va uning pozitsiyasi haqidagi qarashlarini bayon etdi.

Uning fikricha, Uelslik futbolchi "Arsenal"da o'ziga mos chiziqda o'ynamagan:

"Aron "Yuventus" futbolchilaridan farq qiladi, safimizda unga o'xshash futbolchi yo'q. U yuqori texnikali o'yinchi, u so'ngi zarba egasi va unda golni his etish qobiliyati bor.

O'ylashimcha, u haligacha o'zi uchun eng yaxshi pozitsiyani topolmayapti, chunki u hech qachon uch kishilik yarim himoya chizig'ida "mezzala" (yarimvinger, tahminan jarima maydonchasi chizig'i burchagi) rolida o'ynamagan. Shuningdek, u biroz uzoqroqda ham o'ynay oladi, misol uchun "Roma"dagi (Simone) Perotta kabi" - dedi Paratichi.

Eslatib o'tamiz, Remzi mavsum oxirida (tekinga) "Yuventus" safiga qo'shiladi. U joriy mavsum "Arsenal" uchun 30 ta o'yin o'tkazdi va 3 ta gol urib, 7 ta golga hammualliflik qildi.

Manba: 101greatgoals.com
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (14.02)

Ювентусда захирада колади

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (13.02)

Хаммасини вакт курсатади

 arsenalmax (2969)
Toshkent shahri (13.02)

Remzi unversal oyinchi u bir pazitsada oynomidi misol plemekirlikda bir oyinda zor oynashi mumkin keyingi oyinga uni vinger sifatida foydalanilmasa u plemekirli pazitsasida oyni chiqmi qoladi

 Arsenalist (5740)
Navoiy viloyati (13.02)

North London, balki Emeri endi shu chiziqqa qöyar

 North London (5240)
Navoiy viloyati (13.02)

Keyingi mavsum tomosha qilamiz!

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты