Yangiliklar tasmasi

"Folarin Balogun: Mening maqsadim eng yaxshi topurar bo'lish"!


Muharrir: / Ko'rildi: 10426 marta
"Londonning Arsenal jamoasi yosh o'yinchilaridan biri Foliran Balogun yaqinda jamoa bilan, o'tgan chorshanba kuni "professional" shartnomaga ega bo'ldi. Bu hodisadan so'ng uning fikrlari bilan qiziqdik. Endigina 17 yoshni qarshi olgan o'yinchimiz U-18 jamoamizning topurari hisoblanadi. Uning hisobida xozircha 13 o'yindan keyin 13 ta gol bor va Folarin Eddie Nketiah, Joe Willock va Emil Smith Rowelarin izindan ketmoqchi. Marhamat uning fikrlari bilan tanishib o'ting".

"Ilk "professional" shartnoma tuzishga muvoffaq bo'lding, o'zingni qanday his qilmoqdasan"?

"Haqiqatdan ham o'zimni juda yaxshi his qilmoqdaman. Bolaligimdan beri men bu yerdaman. Shuning uchun bo'lsa kerak o'zim ulg'ayayotgan jamoada haqiqiy shartnomaga ega bo'lish-bu mening yutug'imning bir mukofoti".

"10 yoshingdan beri shu jamoadasan, bu nuqtaga qanday yetib kelding"?

"Albatta shu vaqtga qadar o'yinimda pasayish ham ko'tarilish ham bo'ldi. Men iloji boricha eng yaxshi bo'lishga harakat qildim va buni jamoa murabbiylariga ko'rsata olganimdan juda ham hursandman".

"Aynan qaysi yoshingda eng yaxshi o'yinlaringni namoyish etgansan"?

"Menimcha eng yaxshi xolatim deb xozirgi xolatimni aytgan bo'lardim, chunki jamoaning o'yinlarida o'z ishimni amalga oshirmoqdaman ya'ni gol urmoqdaman. Shu xolatni buzmagan xolda davom etishni juda ham istayman".


"Emil, Joe ve Eddie bilan birga bir jamoada o'ynashni qanday tasavvur qilasan"?

"Bu haqiqatdan zo'r. Ularni har kuni jamoadagi mashg'ulotlarini kuzatib boraman. Ularni o'yinlarda bajarayotgan ishlarini men ham qila olishimga ishonaman".

"Bu mavsumdan yana o'zing uchun nimalarni kutyapsan"?

"O'zim uchun U-18 jamoasi bilan qatnashayotganimiz turnirda eng yaxshi topurar bo'lish.

Manba: Arsenal.com
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (14.02)

kamronbek, Пахтакорда (хазил)

 kamronbek (165)
Xorazm viloyati (14.02)

Yoshlar qaysi stadionda o'ynaydi

 Abdumajid (4922)
Toshkent shahri (14.02)

Familyasidagi "Gun"ni olib tashlasak raqiblariga qarshi qanday ekanligini bilib olamiz. Ilohim 10-15 yil davomida Arsenal tarkibidagi gollari bilan raqiblariga "balo" bo'lib yuraversin.

 North London (5240)
Navoiy viloyati (13.02)

Nketiaga öxsharkan

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (13.02)

Келажагинг порлок булсин Флорон

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты