Yangiliklar tasmasi

Chex: "Faoliyatimni Yevropa ligasida g'olib chiqib yakunlashni xohlardim"!


Muharrir: / Ko'rildi: 9964 marta
"Londonning "Arsenal" jamaosi darvozaboni Petr Chex futbolchilik faoliyatini Yevropa ligasi kubigini yutib olib, tugatmoqchi ekanligini aytib o'tdi. Bu haqida "The Telegraph" gazetasi habar qilmoqda.

"O'tgan oy Petr Chex futbolchilik faoliyatini tugatishini e'lon qilgan edi".

"Bu mavsumni Petr jamoaning asosiy darvozaboni sifatida boshlagan edi, lekin jarohat olishi oqibatida 4-5 ta o'yinda uni o'rnini Leno egalladi. Jarohatidan qutulib safga qaytganidan keyin esa u ikkinchi raqamli darvozabonga aylandi".

"Hozirda Petr saviya jihatidan "APL"dan pastroq hisoblangan Yevropa ligasi baxslarida maydonga tushishi aniqroq. Ertaga "Arsenal jamoasi "Bate" jamoasi mehmoni bo'ladi. Petr 2013-yil Yevropa ligasini "Chelsi" jamoasi bilan birga qo'lga kiritgan edi va albatta "Arsenal" jamoasi bilan ham shu turnirni yutib olishini ochiq qilib aytib o'tdi".

"Albatta faoliyatimni Yevropa ligasi finalida g'olib bo'lib shu turnirni g'olibi sifatida tugatsam-bu haqiqatdan ham ajoyib ish bo'lar edi. Biz bu turnirda g'olib chiqishimiz uchun qadam-qadam olg'a borishimiz kerak. Eng muhimi bu turnirdagi g'olib jamoa, keyingi mavsum to'g'ridan-to'g'ri chempionlar ligasiga yo'l oladi. Buning uchun esa g'oliblik ruhimizni cho'ktirmasligimiz lozim".

Manba: Fapl.ru
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 North London (5240)
Navoiy viloyati (14.02)

Cech niyatinga erish

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (14.02)

Петр Чех афсона

 Mansur (471)
Surxondaryo viloyati (14.02)

Qo'shilaman Chex shu kubokni yutsak yaxshi bo'lardi

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (14.02)

Менимча биз АПЛ да урнимизни йукотиб куймадик.Европа Лигаси навбатчи турнир.Камида 1/4 финалгача кийналмаймиз бу турнирда

 Johnny Dark (4919)
Buxoro viloyati (14.02)

Hozirda yevropa ligasi uchun ham kuchli jamoalar kurash olib bormoqda.Bu oson bo'lmaydi.

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты