Yangiliklar tasmasi

Unai Emeri:" "BATE" hurmatga loyiq jamoa."


Muharrir: / Ko'rildi: 9865 marta
"Arsenal" jamoasining bosh murabbiyi Unai Emeri, Yevropa ligasining 1/16 final bosqichidan o'rin olgan, "BATE" jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

[Rasm o'chirilgan.]

"Bizlar hatto Kiyevda ham, juda sovuq havoda va qor yog'ayotgan paytlarda ham to'p surganmiz."

"Bu bilan men o'zimizga ortiqcha baho bermoqchi emasman va o'zimizni oldindan oqlamoqchi ham emasman."

"Chunki raqiblar ham bizlar bilan bir hil sharoitda to'p suradi."

"Ammo bizlarga maydonni holati ham, ob-havo ham halaqit bera olmaydi."

"Biz "BATE"ni yaxshi shakllangan jamoa ekanligini juda yaxshi bilamiz. Biz ularni "Chelsi"ga qarshi kechgan uchrashuvini o'rganib chiqdik."

"Qolaversa "BATE" uchun bu turnir juda katta ahamiyat kasb etishini ham juda yaxshi tushinib turibmiz."

"Ammo bizlar ham, ushbu turnirga bor diqqat e'tiborimizni qaratganmiz."

"Darvozabonlar haqida nima deyishim mumkin. Leno borgan sari bosiqlashib boryapti. Bu juda yaxshi."

"Ammo bizlarda uchta darvozabon mavjud. Chex yaxshi natijalarni qayd etmoqda. Biz boshqalarga ham boshqa turnirlarda imkoniyat berishni istaymiz."

"Bizlar bu yerga jamoa bilan o'ynay oladigan futbolchilar bilan tashrif buyurdik."

"Ko'rib turganingizdek Remzi bizlar bilan birga mashg'ulotlarda shug'ullanmadi."

"Sokratis ham mashg'ulotlarga to'liq tayyor emas. Xuddi Mesut ham shunday ahvolda."

"Obameyang esa bizlar bilan birga va umid qilamanki u bizlarga yordam bera oladi." -deydi: Unai Emeri.


Manba: Fc-arsenal.uz (VK.com)
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 North London (5240)
Navoiy viloyati (14.02)

1-o'yindayoq hal qiliw kerak keyingi bosqich yöllanmasini

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (14.02)

Bugun g'alaba qilmasang uyat bo'ladi Emeri

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (14.02)

Хамма жамоа хурматга лойик

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты