Yangiliklar tasmasi

Venger: "Sanchoni "Arsenal"ga olib kelishga uringandim"


Muharrir: / Ko'rildi: 10393 marta
Arsen Venger o'z vaqitda "Borussiya" vingeri Jeydon Sanchoni "Arsenal"ga olib kelishga uringanini ta'kidladi.

Eslatib o'tamiz, Sancho 2017-yil avgustida "Manchester Siti"dan Dortmundga ko'chib o'tgan:

"Men uni "Manchester Siti"da o'yin amaliyoti berilmayotgan vaqtda olishni xohlagandim. Uni ko'ndirish uchun jiddiy uringanman, chunki u Londonlik. Uni "Arsenal"ga olib kelishga harakat qilganman.

U o'zining yaratuvchanligi bilan eng yaxshi futbolchilardan biri, u yuksak dribling egasi, unda mag'rurlik bor. Bu yigitga qarang - u katta jamoadoshlari orasida o'ziga xos o'ringa ega bo'lgan futbolchi" - dedi Venger.

Shuningdek, u yosh futbolchilarga (jumladan, Sanchoning "Manchester Siti"dalik vaqtida) katta maosh berilishini tanqid ostiga oldi:

"Hali o'ynamasdan turib katta maosh oladigan yosh futbolchilarda bosim paydo bo'lishi mumkin. Bu ularning o'sishiga halaqit beradi. Bu ular uchun katta sinov" - dedi Venger, bein Sportga so'zlagan nutqida.

Manba: Sky Sports
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 Baxtiyor (1087)
Toshkent shahri (14.02)

Otimi olishini bilganimda bir qop kepaka alishardim.

 АбдулХалим (345)
Andijon viloyati (14.02)

bizda bukayo sako degani zor oyinchi iqtidor imkonyat bersa shundan yetakchi chiqadi. dribling tezlik bor

 АбдулХалим (345)
Andijon viloyati (14.02)

vengerdi hatolari ham yetarlik. sautgemtondan beyldi olmagan bizda ximoyachi bor deb. sportingdan ronalduni olmagan qimmat deb kegin ferguson olgan. ngolo kanteni olmadi jaka bor deb. mahrezdi olmadi qimmat deb. suvarezni olmagan qimmat deb 50 ga berardi. azarni 2 yil kuzatgan kegin qimmat degan. hari keyndi semiz oynab ketolmaydi degan totiga ketgan. van deykni seltikda oynaganda yana qimmat dedi. gapiraman desa vengerdi xatolaridan bita super klub tuzuladi. venger kashfiyotchidur lekin usha kashfiyotlar asli iqtidorli bolgan. bolmedigan oyinchini 30 yil oynatsa ham faqqat igor sergeyev boladi.

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (14.02)

Утган гаплардан фойда йук бобо

 North London (5240)
Navoiy viloyati (14.02)

Endi nimaga kerak bu gaplar Venger bobo?!
S

 Sirojiddin (39)
Toshkent shahri (14.02)

Bizda ham Sanchodan kam bo'lmagan Nelson bor

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (14.02)

Санчо хозир зур формада

 D Bergkamp (702)
Toshkent viloyati (14.02)

Sen Ronoldu Messi kopchilikni xoxlagansan lekin kronke

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты