Yangiliklar tasmasi

O'yin tahlili: "BATE" - "Arsenal" 1:0


Muharrir: / Ko'rildi: 7243 marta
Alamlar, alamlar...

Ha, kecha ko'pchichilikka alam qildi. Emeri hech bo'lmasa durangga erishmaganidan afsuslandi, "Arsenal" futbolchilari va ayniqsa Lyakazett, o'zidan ancha past saviyali jamoaga yutqazganiga chiday olmadi, muhlislar esa yarimhazil qilib aytganda voz kechilgan ikki soatlik shirin uyqusiga achinishdi. Ehtimol ko'pchiligi tuni bilan mijja qoqishmagandir ham.

Ular futbol ko'rishmoqchi edi, kechirasiz-u biz kecha futbol ko'rmadik. Bu o'yinni ko'rib, bir latifa yodga tushdi:

"Ikkita mahalliy jamoalar o'zaro o'ynashibdi. Juda shiddatli kechganiga qaramay, mazkur bahsda hisob ochilmabdi. Chunki ular darvoza qurishni unutishgan ekan".

Ushbu latifani kechagi o'yinga bog'laydigan bo'lsak, faqat bitta darvoza bor edi go'yo. Zero, jamoamiz butun o'yin davomida raqib darvozasini izlash bilan ovora bo'ldi. Raqibimiz esa bitta gol urdi va yana bir necha bor darvozamizga xavf solishga erishdi.

Bu o'yin ko'proq o'tgan mavsum final yoqasida o'tkazilgan "Atletiko"ga qarshi javob uchrashuvini eslatib yubordi. Nimadir qilishga urinamiz-u, hech eplolmaymiz. Tan olish kerak, "BATE" o'yinni o'ldirish borasida "Atletiko"dan kam o'ynamadi.

Ular haqli tarzda g'alaba qozonishdi yoki boshqacha qilib aytganda biz haqli tarzda yutqazdik.

Jamoamizni faqat ayrim "o'zbekcha" bahonalar bilan oqlashimiz mumkin, xolos. Olis parvoz bizni holdan toydirdi, havo juda sovuq edi yoki tarkibimizda juda ko'p yo'qotishlar bor edi. Lekin, unutmang, raqibimiz so'ngi marta ikki oy oldin rasmiy ushrashuvda maydonga tushgan. Bu bizga qo'l kelish kerak emasmidi aslida?

Xullas, mag'lubiyatda turli sabablar ko'rsatildi, ba'zilar bor aybni Emeriga to'nkashdi, ba'zilar Venger bo'lganda bunday bo'lmasdi dedi. Yana kimdir Ozil va Remzi yo'q degan bo'lsa, qolganlar tuzukroq transfer qilmayotgani uchun Kroenkeni "qulog'ini qizdirdi".

Biz esa kimnidir ayblashdan yiroqmiz, shunchaki bir haftadan so'ng javob o'yini borligini va barcha masala Londonda hal bo'lishini eslatib o'tmoqchimiz. Hatto ushbu mag'lubiyatimizning ham ikkita yaxshi tomonini ko'rsatishimiz mumkin. Birinchidan, bu ularga dars bo'lsin hamda oldindagi o'yinlarda har qanday raqibga jiddiy munosabatda bo'lish kerakligini o'rganishsin.

Ikkinchidan, ushbu natija javob bahsidagi intrigani ikki hissa orttirib yuborganini ta'kidlamoqchimiz. Har holda agar yirik hisobda yutuqqa erishganimizda, keyingi haftani hozirgichalik intiqlik va vajohat bilan kutmasdik.

Xulosa o'rnida sizga aytmoqchi bo'lgan so'ngi so'zimiz: Kuting!
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 North London (5240)
Navoiy viloyati (17.02)

Javob uchrawuvida ham iwobini maydonga tuwirsa, g'irt tentak ekan Emeri

 arsenalmax (2969)
Toshkent shahri (16.02)

Nahuy 3 ta markaziy himoyachi nimaga aaa Emere shuni tushuntirib bergin

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (16.02)

Эмери ноябр ойида но1 еди хозир уни куплар ёмон курмокда
A

 Arsenal (30)
Navoiy viloyati (16.02)

Bu emeri tugrisi urta miyona klubni bowqarsin arsenalga tugri kemayapti

 #Terri Anri# (4280)
Sirdaryo viloyati (16.02)

Londonda albatta g'alaba qozonamiz inshoollox. Ancha yirik hisobda

 АбдулХалим (345)
Andijon viloyati (16.02)

o'zil kelgandan buyon 100 ta o'yinda maydonga tushmapti bu 2 ta mavsumku. vapshe erkak emas ekanu bu

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты