Yangiliklar tasmasi

"Agar sen sher bo'lsang, men xam arslonman!"


Muharrir: / Ko'rildi: 6991 marta
Futbolni natija uchun o'ynaydiganlarni xam, ko'radiganlarni xam tushunmayman. Tushuna olmasam xam kerak. Futbol bu oddiy o'yin! Undan zavq olib o'ynash va tomosha qilish kerak, xolos. Agar zavq olmasangiz unda nima uchun ko'rasiz? Natijalar, kuboklar, oltin medallar siznikimas, futbolchilarniki, klubniki. To'g'ri xamma o'zi muhlislik qiladigan jamoaning g'alabalarini, chempionligini xoxlaydi, lekin avvalo o'sha jamoaning o'yini unga yoqqani uchun xam muhlisiga aylangan. Masalan men "Arsenal" APLda kuchli to'rtlikda va albatta 3-o'rinda bo'lishini xoxlayman. Shu bois "Tottenxem", "MYu, "Chelsi"larning yutqazishini, "Arsenal" ba'zan chroyli o'ynamasa xam lekin yutishini istayman. Zo'r o'ynab yutqazsa jahlim chiqadi. Ammo bu nisbiy tushuncha, umumiy holatda men "Arsenal"ning futbol o'ynash uslubiga muhlisman, natijalariga emas. Aks xolda men xam, siz xam allaqachon boshqa klublarga "o'tib ketgan" bo'lardik. Nima qilib bo'lsa xam, qanday yo'l bilan bo'lsa xam g'alaba qozonadigan, chempion bo'ladigan jamoalarga muhlislik qilish, qur'a jarayonida kuchsiz raqiblar tushushini xoxlash, bilmadim... "Senga nima zaril bunday qilib?" degim keladi bunday odamlarga.

Eng yomon illatlardan biri qo'rqoqlik. Jamoasi kuchli raqibga tushib qolishidan cho'chiyotgan muhlisning tabiatida shu illat bor deb o'ylayman!

Masalan Chehiyaning "Slaviya" klubi YL chempionligini qo'lga kiritishi ehtimoldan uzoq. Albatta klub va muhlislari buni iloji bor deb o'ylashsa xam, orzu qilishsa xam, bu qiyin ishligini bilishadi. Lekin "Slaviya" muhlislari jamoasining imkon qadar uzoqroqqa borishini istab kuchsiz raqibga tushushini xoxlashi bu to'g'ri biroq chempionlikni maqsad qilgan klub muhlislarining raqib tanlashi to'g'rimikin?


Men hurmat qiladigan jamoalardan biri "Liverpul" muhlislari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada ularning 60%dan ko'prog'i "Chempionlar ligasi" chorak finalida "Portu" bilan tushishni xoxlabdi. "Manchester Yunayted" muhlislarining ko'pchiligi "Barselona"ga tushganidan hafa. Lekin hursand bo'lganlari xam bor. Menga manashu
"Barselona" - "MYU" va
"Arsenal" - "Napoli" juftliklari juda yoqdi. Superto'qnashuvlar bo'ladi!
Qur'adan oldin "Napoli" bilan yoki "Chelsi" bilan tushushni juda xoxlagandim. Agar "Arsenal" chempion bo'lmoqchi bo'lsa raqib tanlashni hojati yo'q. Bordi-yu yutqazib qo'ysa ertaroq YLdan chiqib bor kuchini APLga tashlagani yaxshimasmi?

Shahsan men "Napoli"dan o'tishimizga ishonaman. Garchi ayrim muhlis-u mutahassislarning bu juftlikda Neapolliklar ustunroq ekani haqidagi gaplarini eshitsam xam baribir "Arsenal"ning o'sha Neapoldan yarim final chiptasi bilan qaytishiga ishonyapman.

Aslida har qanday jamoa har qanday o'yinda har qanday raqibga qarshi g'alaba uchun o'ynashi kerak va shart! Agar "Bular kuchliroq, yutqazarmizov", yoki "E bularni bir oyoqda yanchib tashlaymiz" deb maydonga tushsa, muhlislar xam shunday fikrlasa unda nima bo'lishini bilasiz. Kuchlilar yutib, kuchsizlar yutqazaversa futbol ko'rgandan ne naf.

"Arsenal" o'z an'analariga, uslubiga, falsafasiga ega jamoa! Bunday jamoalar istalgan paytda istalgan raqibni mag'lub etishga qodir. Hatto inqiroz davridayam, autsayderlar qatoriga tushib qolgan paytlardayam. Chunki bunday jamoalarda pul bo'lmasa xam, kuchli murabbiy-u futbolchilar bo'lmasa xam ularda JAMOA bor!

Men shu tobda mavsumning xal qiluvchi pallasi boshlanayotgan paytda "Arsenal" muhlislarini jamoaga ishonishlarini va ularning o'yinlaridan zavq olishlarini so'ragan bo'lardim.
G'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. Nima bo'lganda xam o'zingizni asrang, futbol uchun telbalarcha qayg'urmang. Xar narsaning o'z me'yori bor.
"Arsenal" nima bo'larkan, YLdan chiqib ketmasmikanmiz, APLda to'rtlikda qolarmikanmiz" deb tashvishlanmang. Biz buyuk klub muhlislarimiz! Ular hammasini uddalashadi. Mavsum biz uchun ajoyib yakunlanadi!


Manba: www.fc-arsenal.uz
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 Ozodbek (735)
Xorazm viloyati (02.04)

mana uchdamiz

 Mansur (471)
Surxondaryo viloyati (21.03)

Maqola shunchaki ZO'R biz jamoamizga ishonamiz va napolini mag'lub etamiz
M

 Minion Kevin (9527)
Namangan viloyati (20.03)

Inshaalloh Chempion bo'lamiz hamda 3- o'rinni olamiz.....

 Muhriddin (2123)
Toshkent viloyati (20.03)

Финалга этиб финалда Челсини мағлуб этсак зўр бўларди

 #Terri Anri# (4280)
Sirdaryo viloyati (20.03)

Yevropa ligasida ham finalga chiqib g'alabani qo'lga kiritsak Chempionlar ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritar edik

 #Terri Anri# (4280)
Sirdaryo viloyati (20.03)

Hudo hohlasa bu yil 3-o'rinni olamiz

 Johnny Dark (4919)
Buxoro viloyati (20.03)

Ajoyib maqolaMen ham juda xursand bo'ldim Napoli tushganiga.Bar bir yarim final yoki finalda to'qnashardik mana shu Napoli yoki Chelsi bilan.Demak Hozircha Napoli keyin Chelsi va Kubok bizniki nasib qilsa

 Isamir (1368)
Andijon viloyati (20.03)

Hammani xarxil fikri bor lekin sizni fikringizham faqat bir tomondan Tori holos

 Obidjon Rahimov (3608)
Samarqand viloyati (20.03)

Qaniydi hama muxlislar shunday o'ylasa

 Rais_buva (80)
Qashqadaryo viloyati (20.03)

Albatta 3 bizniki

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (20.03)

Албатта хаммаси яхши булади

 arsenalmax (2969)
Toshkent shahri (19.03)

tori arsenal 3- orin uchin kurashishga bu yil kuchi yetmasa kere dep oylagandim ammo hamma narsani iloji bor ekan muhimi shashti sondirmaslik faqat olga intilish

 koselny (1101)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (19.03)

Bu yil ancha yaxshimiz oyinimiz ham yaxshi. Hammasi ozimizga bogliq EL da chempion Apl da 3 orin bu yaxshi natija boladi. Kelgusi yili ECHL da oynaymiz va Apl da chempionlik uchin kurashamiz. Omad ARSENAL

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты