Yangiliklar tasmasi

Kyovn: "Arsenal" va "MYu" yakunda bir xil ochko to'playdi"


Muharrir: / Ko'rildi: 7630 marta
"Arsenal" afsonasi Martin Kyovn Premyerligada kuchli to'rtlik uchun o'z mulohazalarini bildirib o'tdi.

Uning fikricha, "Tottenxem" klubi uchinchi o'rinni egallaydi, "Chelsi" esa oltinchi pog'onada qolib ketadi. "Arsenal" va "Manchester Yunayted" jamoalari esa yakunda bir xil ochko to'playdi va to'plar farqiga ko'ra "to'pchilar" to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritadi:

"Menimcha, "MYu" to'rtlikka kirolmaydi. Bu fikrni "Arsenal" tarafdori bo'lganim uchun aytayapti deyishingiz mumkin, lekin taqvimni qarasangiz "Yunayted" uchun vaziyat murakkabroq.

Ular "Manchester Siti"ni yuta oladi deb o'ylamayman, tahminimcha durang bo'ladi. Yakunda "MYu" "Arsenal" bilan bir xil, 75 ochkodan to'plasa kerak, lekin to'plar nisbatiga ko'ra ortda qoladi" - dedi Kyovn.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda "MYu" hisobida 33 o'yindan so'ng 64 ochko bor va to'plar nisbati +19 ni tashkil etmoqda. "Kanonirlar" esa 32 o'yinda 63 ochko yig'gan, ularning gollar farqi +25 ga teng.

Manba: Metro
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 BAXTIYOR (2082)
Jizzax viloyati (15.04)

Balki ochkolar buyicha utib ketar tuplar nisbati bn emas

 Arsenalist (5740)
Navoiy viloyati (15.04)

Bu haqida bosh qotirish kerakmas menimcha. Chunki Barsa, Yuve, Liverpul yoki Siti turganda Myu yoki Totenxem Ch.l.ni yutolmaydi baribir

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (15.04)

Буни вакт к6рсатади

 Ravsenal (688)
Sirdaryo viloyati (15.04)

Bir davlatdan chempionlar ligasida 6 ta jamoa õynashi mumkin emas deyilgan. Qanday holda 4-õrinni olgan jamoa chl dan qolib ketadi, aytaman. Myu yoki tottenhem chl ni yutsa va yevropa ligasida chelsi yoki arsenal ģolib bõldi deylik. Bunday holda ular avtomatik ravishda keyingi yil chl da õynaydi. Ularga 1-3 õrinni olgan jamoalar qõshiladi. Shunday holda 4-õrinni olgan jamoa tushib qoladi. Masalan: tottenhem chl ni yutdi va apl da 5-õrinni oldi. yevropa ligasida arsenal yutdi va apl da 6-õrinni oldi. Ular chl da qatnashadi. apl da 4-õrinni olgan chelsi yoki myu chl dan tushib qoladi.

 Ramsey best (41)
Farg'ona viloyati (15.04)

Watford qomase boldida

 #Terri Anri# (4280)
Sirdaryo viloyati (15.04)

Hudo hohlasa albatta 3-o'rinni olamiz

 АбдулХалим (345)
Andijon viloyati (15.04)

3 урин бизники. енг муамо йоки шу хаммази узларига боглик

 Yusupov.13 (1407)
Qashqadaryo viloyati (15.04)

Obidjon,
Yo'q mobodo biz kuchli 4 likka kirib Myu yoki Totenhem 5ni olsayu o'sha jamoa Echlni yutsa biz ylda o'ynaymiz yani echlni yutgan kamanda keyingi mavsum o'ynaydi milliy chemda qanday o'rinni olsa ham va o'sha chemdagi so'ngi echl yo'llanmasini olgan jamoa Yevropa ligasida o'ynaydi
a

 arsenal (739)
Navoiy viloyati (15.04)

Arsenalda zur imkoniyat bor uddalasa daxwat bulardi

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (14.04)

Хаммаси яхши булади хали

 Abdulaziz (101)
Surxondaryo viloyati (14.04)

Yo'q xato aytayapsiz bratObidjon,

 Obidjon Rahimov (3608)
Samarqand viloyati (14.04)

4-o'rinni olsak liga yevropani ham olishimiz kerak agar chelsi olsa biz yana kengi yil liga yevropaga o'ynaymuz

 Arsenalist (5740)
Navoiy viloyati (14.04)

Mehmondagi 4 o'yindan 10 yoki 9 ochko ishlasak ham yetadi menimcha. Shunda uyimizda 2ta g'alaba va ochkolarimiz 79 yoki 78 ochko. Olam Guliston

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты