Yangiliklar tasmasi

Nelson "Xoffenxaym" safida Firminoga tegishli rekordni yangiladi


Muharrir: / Ko'rildi: 6536 marta
"Arsenal"dan ijaraga olingan Ris Nelson, "Xoffenxaym" safida jamoaning sobiq a'zosi Roberto Firminoga tegishli rekordni yangiladi.

Angliyalik 19 yoshli futbolchi kecha "Gerta"ga qarshi uchrashuvda (2:0) raqib darvozasini ishg'ol etdi. Bu uning mavsumdagi 7-goli bo'ldi.

Shu tariqa Nelson "Xoffenxaym" jamoasining bir mavsumda eng ko'p gol urgan eng yosh futbolchisiga aylandi.

Undan avval mazkur rekord, ayni kunda "Liverpul" safida to'p surayotgan Roberto Firminoga tegishli edi. Braziliyalik hujumchi 2012-yilda rekord o'rnatgan vaqtda 7 ta gol urgan, biroq Nelsondan 125 kunlik kattaroq bo'lgan.

Manba: goal.com
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 Johnny Dark (4919)
Buxoro viloyati (15.04)

Nelson Xoffenxaym tarkibida yana gollar urish uchun hali vaqt yetarli
a

 arsenal (739)
Navoiy viloyati (15.04)

Yana ozgina usiwi kk

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (15.04)

Нелсон келажагимиз факат буни Эмери билиши керак

 BAXTIYOR (2082)
Jizzax viloyati (15.04)

Omat Nelson Firminyodek bul

 Mesut-ozil11 (3896)
Farg'ona viloyati (15.04)

omadingni bersin kegingi mavsumdan sani Arsenal safida koʻrsak yomon bo'lmas edi

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты