Yangiliklar tasmasi

"Uotford" va "Arsenal" dushanba kunlari qanday o'ynaydi?


Muharrir: / Ko'rildi: 6274 marta
Angliya premyerligasi 34-turining so'ngi uchrashuvi bugun, ya'ni dushanba kuni "Uotford" va "Arsenal" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.

Qiziq tomoni, mazkur ikki klub APL doirasida dushanba kunlari o'tkazgan uchrashuvlarida ikki xil natijalar qayd etib kelmoqda ekan.

Ya'ni "Uotford" haftaning shu kunida oxirgi 15 o'yindan faqatgina 2 marta g'alabaga erishgan, xolos (5 durang va 8 mag'lubiyat).

"Arsenal" esa aksincha dushanba kuni o'ynagan so'ngi 8 uchrashuvdan 7 tasini o'z foydasiga hal qilgani e'tiborlidir.

Jumladan, "arilar" so'ngi marta 10-dekabr kuni "Everton"ga (2:2) qarshi bahsda durang qayd etgan bo'lsa, "to'pchilar" 1-aprel sanasida "Nyukasl" (2:0) ustidan zafar quchgan.

Manba: BBC
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar
a

 arsenal (739)
Navoiy viloyati (15.04)

Omad biz tomonda bulsindaaa

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (15.04)

Хаммаси биз учун омадли келсин

 Mansur (471)
Surxondaryo viloyati (15.04)

Demak dushanba arsenal uchun omadli ekanda bugun ko'ramiz

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты