Yangiliklar tasmasi

Sen kim uchun o'ynaysan ey "Arsenal"!


Muharrir: / Ko'rildi: 6302 marta
Bugun "Arsenal" safarda "Uotford"ga qarshi o'ynaydi. Biz g'alaba kutamiz, raqiblar (bu yerda "Tottenhem", "Chelsi", "MYu" muhlislari nazarda tutilyabdi) mag'lubiyat kutadi. Lekin uchinchi toifa ham bor, bular raqiblarga muhlislik qilmaydi-yu biroq "Arsenal"ni mag'lubiyatini kutadi. Sabab?

"Arsenal", "Milan", "Inter", Gollandiya terma jamoasi kabi jamoalarga muhlislik qiladigan odamlarni ko'rsam boshqacha bo'lib ketaman. Ulardagi futbolga, qachonlardir mehri tushib qolgan jamoalarga nisbatan sadoqat va hurmat tuyg'ulari mening ham ularga nisbatan hurmatimni oshiradi.

Ser Aleks Fergyusson ketgach "Manchester Yunayted" sarbonini yo'qotib sahroda daydib yurgan karvon holiga tushib qoldi, go'yo. Ammo shundayam bu klubning dunyo bo'ylab haqiqiy muhlislari jamoaning bir yo'l topib manzil tomon yana dadil qadam tashlashiga ishondi va hamon o'sha ishonch bilan yashashyabdi.
Huddi shunday "Milan" va "Inter"ning yana "Chempionlar ligasi" grandlariga aylanishini kutib yashayotganlar bor.

Uchar Gollandlarning parvozi so'ngan davrlardayam ularning o'yinlarini ko'rishga oshiqqanlar qancha. Chempionlikka davogar favoritlarning o'yinlarini o'tkazib yuborishsa ham "Lolalar yurti"ning o'yinlarini ko'rish uchun ishidan, uyqusidan voz kechganlar qancha.
"Liverpul" 29 yildan beri APLda chempion bo'lmabdi. Hali yaqin yillarda ham "Chempionlar ligasi" yo'llanmasi uchun kurashib, shundan ham quruq qolib yurgandi bu klub. Bugun esa "Chempionlar ligasi"da ham, APLda ham chempionlikka asosiy da'vogar. Manashu "Liverpul"ning necha yillik muhlislari bor dunyoda.

"Arsenal"ning ham sodiq muhlislari bor va kam emas. Buning yorqin misoli ushbu sayt! O'zbekistonda "Real" va "Barselona"dan keyin yana qaysi klub muhlislarining fan-klub sayti shunchalik gavjum va ommalashgan. Bu borada "Liverpul" xam, "Yuventus" xam, "Chelsi" xam, "Bavariya", "Milan", "Inter" xam "Arsenalchilar" bilan raqobatlasha olmaydi, "Manchester Siti", "Tottenhem", "PSJ"larni aytmasa xam bo'ladi. Birgina "Manchester Yunayted" bellasha oladi bu borada. Chunki bu klublarning tarihi bor. O'tmishsiz kelajak bo'lmaydi. Tarihi buyuklarning kelajagi xam buyuk bo'ladi.
"Arsenal" futbolda o'z o'rniga ega klub. Qaysidir natijalar jamoaning bugungi holatini ko'rsatsa-da umumiy mavqeiga ta'sir o'tkaza olmaydi. Shu bois bunday jamoalar haqida gapirganda faqat bugungi holatdan kelib chiqib gapirish kerak. Jamoaning umumiy darajasi, nufuzi haqida gapirish uchun sal yoshlik qilarmiz-ov, hatto "Arsenalshunos" bo'lsak xam.

"Venger Out" deya tomoq yirtganlar xam, "Bu qariyaning taktikalari bugungi futbol uchun eskirdi" deya falsafa so'qganlar xam balki bunaqa e'tirozlarlar bildirishga haqqi bordir. Lekin bundan 23 yil oldin shu inson "Arsenal"ga kelmaganida bugun men bu maqolamni bu saytda yozmayotgan, siz umuman boshqa "Arsenal"ni ko'rayotgan bo'lardingiz.

Menga shu "Arsenal" yoqadi! "Chempion bo'lmading" deb kechib ketolmayman. "Yutqazib qo'yding" deb tashlab ketolmayman. Goh klub rahbarlarini tanqid qilaman, goh murabbiyni, goh qaysidir futbolchini. Lekin jamoaga va uning muhlislariga hurmat saqlab gapiraman. Ahir 15-yildan beri APLda chempion bo'lmagan, "Chempionlar ligasi"ni bir bora ham yutolmagan jamoaga shunchalik muhlislik qilish uchun qanday odam bo'lish kerag-a.. Shunchalik muhlislarni o'ziga rom qilib, hatto sovrinlarsiz ushlab turish uchun qanday JAMOA bo'lish kerag-a..

Mening nazdimda bunday jamoalar futbolning haqiqiy sir-sinoatini, go'zalligi-yu zavqini ko'rsatish uchun xam futbol o'ynayveradilar.
"Arsenal" sening muhlislaring xam yaltir-yultur medallar-u kuboklarga hirs qo'yganlar emas balki har narsadan go'zallik ahtaruvchi nozik did egalaridir. Sen shular uchun xam futbolni "go'zallikni natijadan ustun qo'yib" o'ynayverasan!


Sen kim uchun ochilding ey qizil gul.

Atring buncha sochildiyey qizil gul.

Seni ko'rib armondagi sevgimni.
Zanjirlari uzildiyey qizil gul.
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 Islomkhon (472)
Toshkent shahri (17.04)

Yaxshi maqola.chiroyli so'zlar

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (16.04)

Яхши макола!!

 O'LMASXO'JA (86)
Buxoro viloyati (15.04)

Klass shunchaki gap yoq qoyil
A

 Ache (245)
Sirdaryo viloyati (15.04)

Maqolani she'rga solingani
A

 Ache (245)
Sirdaryo viloyati (15.04)

Shonli tarix, go'zal o'yin,
Hech klubga egmas bo'yin,
Arsenalni yengish qiyin.
Arsenalni seving do'stlar.

Venger ketdi, ko'zni yoshlab,
Yangi tarix, era boshlab,
Boshqasini qo'ying tashlab.
Arsenalni seving do'stlar.

Kombinatsiya do'ndiradi,
Paslarniyam sindiradi,
Gol urishni tindiradi.
Arsenalni seving do'stlar.

Kamchilikni bildirmaydi,
Raqiblarin tindirmaydi,
Mehringizni sindirmaydi.
Arsenalni seving do'stlar.

Chelsi, Myu damin olsin,
Liv va Sity yo'lda qolsin,
Tottenhemga qo'rquv solsin.
Arsenalni seving do'stlar.

Tariximiz surishtiring,
Anrilarni urishtiring,
Ee Real-Barsa yig'ishtiring.
Arsenalni seving do'stlar.

Omad kulib boqmasa ham,
She'rim dilda oqmasa ham,
"Acheee" sizga yoqmasa ham.
Arsenalni seving do'stlar.

Go'zal futbol ko'ring do'stlar,
Arsenalni seving do'stlar...

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (15.04)

Макола ажойиб :thumbsup
Биз Арсенални севамиз

 Mansur (471)
Surxondaryo viloyati (15.04)

Maqola shunchaki zo'r

 #Terri Anri# (4280)
Sirdaryo viloyati (15.04)

Ozodbek gap yo'q ajoyib chiqibdi

 Obidjon Rahimov (3608)
Samarqand viloyati (15.04)

Ozodbek qoyilman maqolaga gap yo'q!
M

 Minion Kevin (9527)
Namangan viloyati (15.04)

Ajoyib maqola. Ozodbek charchamang do'stim......

 arsenal king (524)
Toshkent shahri (15.04)

Qoyil gap yoq zor cqbdi

 Arsenalist (5740)
Navoiy viloyati (15.04)

Maqolaga klass. Ayrim arosatdagi Arsenal muhlislar uchun yorug'lik beradigan maqola bölipti
F

 F-S (3737)
Toshkent shahri (15.04)

Арсенал хозир Кронке у.н ойнамокда.

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты