Yangiliklar tasmasi

Italiya politsiyasi "Arsenal" muhlislari muhofazasi uchun 800 ta hodim yolladi


Muharrir: / Ko'rildi: 3887 marta
Italiya politsiyasi "Napoli" bilan o'yin oldidan "Arsenal" muhlislarining bezorilar hujumiga uchrashidan xavotirda.

Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, muhofaza ishlarini kuchaytirish maqsadida 800 ta mirshab jalb etildi.

Ta'kidlash kerak, fevral oyida "Syurix" klubi muhlislari Neapollik muhlislar hujumiga uchragan edi. Shuningdek, bunday holat avvalgi yillarda o'tkazilgan Angliyaning "Liverpul" va "Manchester Siti" klublariga qarshi o'yinlar oldidan ham kuzatilgan.

Dekabr oyida bo'lib o'tgan "Inter"ga qarshi uchashuvdan oldin hatto qotillik holati ham ro'y bergan, ya'ni "Inter"ning bir muhlisi o'ldirilgan. Bunga undan oldin "Inter" maydonida milanlik muhlislarning himoyachi Kalidu Kulibalini haqorat qilishgani asosiy sabab bo'lgani aytilgandi.

E'tiborlisi, Kulibali, dastlabki o'yinda "Emirates"da ham "Arsenal" muhlislari tomonidan irqiy kamsitilishga uchradi va bu holat Italiyalik bezorilarning g'azabini oshirishi mumkin.

Manba: The Sun
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (17.04)

Масхарабоз маданиятсиз одамлар ...

 Эштурдиев Дилшод (9951)
Samarqand viloyati (17.04)

Иркчилик ёмон.

 Obidjon Rahimov (3608)
Samarqand viloyati (17.04)

Arsenal muhlislarini qo'rqitib qoyishdiku

 Sead (80)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi (16.04)

Napolini muhlislari tentak ekan-ku

 Arsenal29 (197)
Sirdaryo viloyati (16.04)

Fanatlar tinch bösin arsenal yutib ortga qaytsin

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты