Yangiliklar tasmasi

Denis Suarezning agenti ayrim savollarga oydinlik kiritdi


Muharrir: / Ko'rildi: 5278 marta
Denis Suarez yozda "Arsenal" bilan xayrlashishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Sababi u so'ngi vaqtlarda deyarli maydonga tushmayapti. London klubiga kelgandan beri faqatgina 6 o'yinda zahiradan tushirildi va jami 95 daqiqa harakat qildi.

Bu haqida gapirgan Suarezning agenti, mijozining ayni damda jarohati borligini va uning kelajagiga hali oydinlik kiritilmaganini ta'kidladi.

"U o'z o'rnini topolmayapti, chunki unga deyarli imkoniyat berilayotgani yo'q. Unga ritmga tushib olish uchun amaliyot kerak.

U hozir jarohatda, mushaklarida muammo bor. Tashxis natijalarini kutyapmiz" - dedi agent.

So'ngi xabarlarga ko'ra, Denisga "Napoli" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqida agent shunday dedi:

"Napoli"? Qiziqishlar doim bo'lib turadi, lekin bir pozitsiyani kuchaytirish uchun yillar davomida harakat qilinadi.

Transfer oynasi yaqinlashmoqda, lekin hozir bu mavzuda gapirish vaqti emas".

Eslatib o'tamiz, Suarez yanvarda "Barselona"dan 2 mln yevroga ijaraga olingan. "Kanonirlar"da uni mavsum oxirida 20 mln yevro evaziga to'liq sotib olish huquqi bor.

Manba: tribalfootball.com
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (17.04)

Бирданига нимадир деб булмайди ростданам

 Baxtiyor (1087)
Toshkent shahri (17.04)

Bir narsa diyish qiyin unga ozini korsatish uchun koproq imkon berishkere

 Sead (80)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi (17.04)

MYU bilan oyinda 2marta reid qilgandi
a

 arsenal (739)
Navoiy viloyati (17.04)

Ha vaqt oliy hakam
B

 Bahodir (1011)
Namangan viloyati (17.04)

Hm qani kutaylikchi hamma narsaga vaqt davo

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты