Yangiliklar tasmasi

"Arsenal" va "Manchester Yunayted" Neres uchun kurashda favorit


Muharrir: / Ko'rildi: 7277 marta
"Arsenal" va "Manchester Yunayted" Neres uchun kurashda yetakchilik qilmoqda

"Manchester Yunayted" ham "Ayaks"ning iqtidorli vingeri David Neres uchun kurashga qo'shildi.

O'tgan haftada "Arsenal" va "Everton" 22 yoshli Gollandiyalik Neresga qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Daily Mirror" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, "Yunayted" Neresni sotib olish niyati borligini ma'lum qilgan.

Shuningdek Dortmundning "Borussiya" klubi va "Liverpul" kabi boshqa Yevropaning grand klublari ham Davidga qiziqish bildirmoqda, ammo hozirgi vaqtda "Ayaks" yulduzi uchun ikkita asosiy nomzod - "Yunayted" va "Arsenal".

22 yoshli futbolchining sotilish narxini Amsterdam klubi 45 million funtga qadar oshirishi mumkin. Agarda "Arsenal" keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etmasa, bunday qimmatbaho xaridlarni amalga oshirmaydi.

Neres ushbu mavsumda "Ayaks" uchun 8 gol urgan va 11 golli uzatmani amalga oshirgan. O'tgan haftada David Chempionlar ligasi 1/4 finalining "Yuventus" bilan bo'lgan dastlabki uchrashuvda o'z jamoasini o'z goli evaziga mag'lubiyatdan saqlab qolgan.

Manba:News@Arsenal_club
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 Muhriddin (2123)
Toshkent viloyati (18.04)

Тўғри Hakim zyesh зўр ўйнаяпди лекин Нерес бошқача услубда ўйнамоқда

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (17.04)

Мехнаткашликда Зияш ажойиб уйинчи

 Mesut-ozil11 (3896)
Farg'ona viloyati (17.04)

yunaytetda joy topolarmikin agar 4 likkga kirolmasa biz kirsak vaziyat biz tomonga oʻzgarishi mumkin
M

 Minion Kevin (9527)
Namangan viloyati (17.04)

Manga De Light deganlari juda yopdi.

 Sead (80)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi (17.04)

Undan kora MARTINELLI ni olish kerak 10€ ga,hali juda yosh arzonligida olib qolish kerak,keyin pushaymon boladi

 Isamir (1368)
Andijon viloyati (17.04)

Neresni trossrdni va bitta zor zashitnikni olsak daxshatli tarkib qilsak boladi
a

 arsenal (739)
Navoiy viloyati (17.04)

Liga chemoionga chiqsa buldi

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты