Yangiliklar tasmasi

Charli Nikolas ertangi o'yinga tahmin bildirdi


Muharrir: / Ko'rildi: 8551 marta
"Arsenal" sobiq futbolchisi va ayni kunda Sky Sports eksperti Charli Nikolas, "kanonirlar"ning "Napoli"ga qarshi o'yiniga o'z mulohazalarini bildirib o'tdi.


"Men ham siz kabi juda hayajondaman. "Napoli" ikkita gol urishi mumkin, lekin "Arsenal" dastlabki o'yindan so'ng yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi.

"Arsenal" bo'lajak o'yinda chuqur himoyada emas, maydon markaziga yaqinroq hududda o'ynagani ma'qul. To'rt himoyachi oldida Genduzi va Torreyra tushsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Uch himoyachi taktikasi ham yaxshi variant.

O'zil zahirada qolsa va hujumchi ortida Remzi o'ynasa, hujumda Obameyang va Lyakazett tushirilsa ayni muddao bo'ladi deb o'ylayman.

Menimcha, "Arsenal" birinchi bo'lib gol ursa, keyingi bosqich masalasini hal etadi. Tahminim 2-1, "Napoli" yutadi" - dedi Nikolas.

Eslatib o'tamiz, bo'lajak bahsda Unay Emeri shogirdlarini kichik hisobdagi mag'lubiyat ham qoniqtiradi.

Manba: Sky Sports
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 Azizbek (5377)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (18.04)

Албатта галаба билан кайтамиз Чарли
F

 F-S (3737)
Toshkent shahri (18.04)

Манимча Арсенал 2-1 га ютади
H

 Habibillo (6)
Farg'ona viloyati (18.04)

0-2 Xudo xohlasa yutamiz
a

 arsenal (739)
Navoiy viloyati (18.04)

Menimcha 1:1 busa kk

 Johnny Dark (4919)
Buxoro viloyati (17.04)

Tarkib borasida yaxshi fikr bildiribdi,lekin Genduzi o'rniga Jaka chiqqani maqul.Genduzida barbir jismoniy kuchsizlik bilinadi.

 АбдулХалим (345)
Andijon viloyati (17.04)

тахминим 2 - 2 арсенал умумий хисобда 4-2 га галаба козонади.

 Obidjon Rahimov (3608)
Samarqand viloyati (17.04)

Meni ham taxminim 2-1

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты