Yangiliklar tasmasi

"Arsenal" Mhitaryanni sotib yubormoqchi


Muharrir: / Ko'rildi: 8847 marta
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Genrih Mhitaryan mavsumlar oralig'ida jamoani tark etishi mumkin.

The Sun nashrining habar berishicha “kanonirlar” 30 yoshli armanistonlik futbolchini transferga qo'yishmoqchi. Uning narhi esa 30 mln evroga baholanmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan avvalroq Mhitaryan Armaniston va Ozarbayjon davlatlari o'rtasidagi siyosiy mojaro sabab Bokuda bo'lib o'tadigan “Chelsi”ga qarshi Yevropa ligasi finaliga borishdan bosh tortgan edi.

Malumot uchun, Mhitaryan “Arsenal” safida 2018 yilning yanvaridan buyon to'p surib kelmoqda.

U joriy mavsum 39 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga 6 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo'yishga erishdi.

Manba:www.Fc Arsenal.uz
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 Juventus (498)
Samarqand viloyati (26.05)

Ketsang ham mayli....
a

 arsenal (739)
Navoiy viloyati (26.05)

Emeri tugri tanlov qisang buldi

 arsenal king (524)
Toshkent shahri (25.05)

Sotsayam boladi tori
A

 Aziz#Arsenal (3628)
Qashqadaryo viloyati (25.05)

30 mlnga axtarsa kup yosh futbolchilar topsa buladi
A

 Aziz#Arsenal (3628)
Qashqadaryo viloyati (25.05)

Hamma gap shu 30 mlnga sota olarmikin yaxshi summaku.

 henry (76)
Xorazm viloyati (25.05)

mkitaryany 1sezon olib kolish kerek 30mlna mkitaryandek vinger topilmidi

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты