Yangiliklar tasmasi

Genrih Mhitaryan Gamletga bergan vadasini bajardi


Muharrir: / Ko'rildi: 8158 marta
U barchasiga o'z kuchi bilan erishdi va jahon futbolida o'z o'rniga ega bo'la oldi.


Oddiyroq qilib aytadigan bo'lsak, uning yo'li qiyinchiliklarga to'la edi.Otasi to'satdan vafot etadi va Genrih otasi izidan ketishga qaror qildi.Mhitaryan otasi o'zini ham mashg'ulotga birga olib borishi uchun injiqlik qilib, eshik oldiga borib turib olardi, ammo hamma ishi besamar ketardi: "Hali vaqti emas, o'g'lim", - der edi otasi. Genrih futbolo'ynashni Yerevanning oddiy maydonlarida boshlagan. U oddiy bolalar bilan o'ynardi va bir qarashda ulardan o'ziga hosligi bilanham ajralib turmasdi.U futbol o'ynashni yahshi ko'rar hamda bir qobiqdan chiqib o'zini kashf qilishga harakat qilardi. U avval boshidan o'ta iqtidorli deb sanalmagan. Braziliyada u jismonan baquvvat emasligi va professional futbolchi bo'la olmasligini takidlashardi.U hurmatga loyiq sovet futbolchisi Gamlet Mhitaryanning o'g'li edi. Ota-onasi zarur vaqtda farzandiga ko'maklashar hamda tarbiyasiga katta ahamiyat berishardi. Qolaversa, Doneckning "Shahter" klubida o'ynashiga qaramay, Genrih yulduzlik kasaliga chalinmagan edi. Ayniqsa, o'sha paytlar mahalliy hamda Lotin amerikalik futbolchilar qimmatbaho mashinalar haydab, asosiy vaqtini tungi klublarda o'tkazardilar. Qahramonimiz esa bundan mustasno bo'lgan.Genrih mashg'ulotlardan keyin bazadaqolar va o'sha erda yashardi. O'z vaqtida uni Doneckda baza direktori deb atashardi. Keyinchaliku ham o'ziga qiimatbaho mashina sotiboldi va Germaniya ko'chalari bo'ylab sayr qildi. Hozir esa Angliyada yashamoqda. Genrih tartibga amal qilish zarurligini yahshi tushunar hamda haqiqiy professional futbolchi bo'lishga harakat qilardi.U o'z mentaliteti, stereotiplarini o'zgartira oldi va eng asosiysi kuchiga ishondi, o'z ustida tinmay ishladi.


Mhitaryan otasining o'limidan keyin o'ziga vada berdi - yuqori darajadagi futbolchi bo'lish va katta yutuqlarga erishish. "Otam hayotimdagi muhim inson edi.

Men uni Fransiyada o'ynaganini ko'rganman. Bolaligimda uning har bir mashg'ulotiga borgim kelardi. Bazi paytlar meni o'zi bilan olib borardi.Ammo jiddiy shug'ullanishni boshlaganimda endigina 7 yoshga qadam qo'ygandim. Hozir ham otam uchun futbol o'ynayman", - deydi Genrih Mhitaryan. U "Manchester Yunayted" va "Arsenal"dek top klublar safida o'ynashi — bu arman futbolchisi uchun ajoyib ko'rsatkich.


Armaniston termasi vakilining Germaniya yoki Angliya top klubiga o'tishi bu belgiyalik navbatdagi o'smiryigit yoki yarq etib ko'zga ko'ringan lotin amerikasi vakilining "Benfika" yoki "Portu" orqali katta futbolga kirib kelishi emasdi. Mhitaryan "Pyunik"dan Londonning"Arsenal" klubiga qadar bosib o'tgan yo'li - bu buyuk jangchi tarihidir."Professional" so'zini asl manoda tushunib, unga katta etibor bilan qaraydigan insonning hayot yo'li. Mhitaryan - nafaqat kichik bir halqning g'ururiga sababchi inson, balki ko'chaga do'stlari bilan to'p tepish uchun chiqayotgan yosh bolakaylar uchun o'rnak hamdir.

Bazi siyosiy muammolar tufayli o'tkazib yuborilgan (Mhitaryan katta ehtimol bilan Yevropa Ligasi finaliga bormaydi) final uning ajoyib faoliyatini buza olmaydi. Ishonamizki, u hali o'z finalida aniqroq aytsak - finallarida maydonga tushadi.Genrih Mhitaryan professional faoliyatidagi ikkinchi finalda maydonga tushish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. U tarkibida bunday yulduzlar kamdan-kam uchraydigan terma jamoa azosi. U millat qahramoni. U bularning barchasiga tinimsiz mehnat, qatiyat va bergan vadasi tufayli erishdi. Hech bir inson hozirGenrih Mhitaryanning ichidan o'tayotganlarini his eta olmaydi. Uning (oilaviy) qarorini hech kim muhokama qila olmaydi. Sababi bugungi darajasiga etgunga qadar boshidan kechirganlarini hech birimiz o'zimizda his qilmaganmiz.


Balki Mhitaryan mamlakat milliy terma jamoasi bilan katta natijalarga erisha olmas, lekin u o'z faoliyatidan mamnun bo'lishga to'liq haqli. U barchasiga o'z kuchi bilan erishdi va otasiga bergan so'zida tura oldi. Jahon futbolining yorqin bir vakilibo'la oldi va shu darajada bir necha yildan buyon to'p tepmoqda.


O'tkazib yuborilgan Yevropa Ligasi finali esa bir umrga uning hotirasi va qalbida qoladi.Hech kim uni o'zichalik tushuna olmaydi.

Manba:www.Championat Asia
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 Kosonsoy.arsen (47)
Namangan viloyati (26.05)


 Juventus (498)
Samarqand viloyati (26.05)

Yaxshi bajargan bo'lsa

 Obidjon Rahimov (3608)
Samarqand viloyati (26.05)

Arsenal Miki uchun Kubokni yutinglar

  zinnur (738)
Toshkent shahri (26.05)

Sen uchunham yutafi arsenal olloh hohlasa miki

 arsenal king (524)
Toshkent shahri (26.05)

qoyil gap yoq

 QARAKALPAK_ARSENAL (842)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (26.05)

mm qiynalipti bola
a

 arsenal (739)
Navoiy viloyati (26.05)

Ha tugri lekin xudi xoxlasa albatta kubok bizniki buladi

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты