Yangiliklar tasmasi

"Arsenal" 7 futbolchisi ketgani haqida e'lon qildi


Muharrir: / Ko'rildi: 8300 marta
«Arsenal» klub tarkibidagi o'zgarishlar haqida rasman elon qildi

Malum qilinishicha, darvozabon Petr Cheh, himoyachilar Shtefan Lihtshtayner, Hulio Plegezuelo, Koen Bramall, yarimhimoyachilar Aaron Remzi, Charli Gilmor, shuningdek forvard Denni Uelbek shartnomalari muddati tugashi munosabati bilan klubni tark etishadi.

«Biz bu futbolchilarning barchasiga klub muvaffaqiyatlariga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz va ularga kelgusida zafarlar tilaymiz», – deyiladi «kanonirlar» bayonotida.

37 yoshli Cheh mavsum yakunida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. 28 yoshli Remzi esa erkin agent sifatida «Yuventus» safiga qo'shiladi.

Manba: tribuna.uz
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 MUHAMMADJON (270)
Andijon viloyati (08.06)

GunnersFan, shu gapizga qo‘shilaman

 GunnersFan (3707)
Namangan viloyati (08.06)

Agar transferlarga pul ajratilmasa, yangi mavsum boshlanguncha yana bizlarni:

Mesut O'zil
Genrix Mxitaryan
Mustafi
Monreal
Jenkinson
Chambers
Koselni
Jaka
Ospina
tark etish ehtimoli juda yuqori.
Xammasi tahminan 150 ga yaqin pul bo'lsa kerak tag'in bilmadim. Pastkashdan 50 mln olinsa 200 mln pul bo'lar ekan. Menimcha ushbu mablag'ga yahshigina transfer qilsa bo'ladi. Bizga 2 ta himoya 1 ta vinger va 1 ta yaxshi hujumchi bo'lsa bo'ldi.

 Mesut-ozil11 (3896)
Farg'ona viloyati (08.06)

welbek xali kk boʻlar edi
N

 Norpulat (97)
Qashqadaryo viloyati (08.06)

Хали яна бор кетадиганлар узгариш учун

 Baxtiyor (1087)
Toshkent shahri (07.06)

Bita remzini orni bilinadi mayli keyingi faoliyatiga omad

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты