Yangiliklar tasmasi

Konte "Inter"ga "Arsenal" himoyachisini olib kelmoqchi


Muharrir: / Ko'rildi: 7033 marta

Konte_Interga_Arsenal_himoyachisini_olib_kelmoqchi
U yangi mavsumni A Seriyada boshlashi mumkin.
Milanning "Inter" klubi joriy transferlar davrida "Arsenal" himoyachisi Loran Kosielni bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Calciomercato nashri habar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko'ra “neradzurrilar”ning yangi ustozi Antonio Konte jamoaning o'yin uslubini o'zgartirmoqchi.

Tajribali mutahassis jamoada 3 ta markaziy himoyachi bilan o'ynamoqchi. Shu bois ushbu chiziqqa tajribali futbolchilarni jalb etishni maqsad qilgan.

O'z navbatida “Arsenal” esa Kosielni o'rniga “Barselona”dan Samyuel Umtitini olib kelishni rejalashtirmoqda.

Malumot uchun, 33 yoshli franciyalik futbolchi ortda qolgan mavsum “kanonirlar” safida 31 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
MANBA: sports.uz
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar
A

 Aziz#Arsenal (3628)
Qashqadaryo viloyati (08.06)

Kecha Ozilni tuyi bulibdi shuni chiqariylar rasmlari bilan Arsenaldan kimlar boribdi.Erdugan kuyov jura bulibdi

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты