Yangiliklar tasmasi

Manolas "Yuventus"ga o'tishi mumkinligini inkor qilmadi


Muharrir: / Ko'rildi: 7457 marta
Anchadan beri "Arsenal" qiziqish bildirayotgan «Roma» himoyachisi Kostas Manolas keyingi mavsumda «Yuventus»da o'ynashi ehtimoli ehtimoliga mujmal munosabat bildirdi

So'nggi vaqtlarda «Yuve» himoyachisi Jorjio Kellini yunonistonlik himoyachini bir necha marta maqtagan edi.

«Kellini nima deganini eshitdim, bu etirof uchun undan minnatdorman. U jahondagi eng yahshi futbolchilardan. Biz jamoadoshga aylanamizmi? Bilmayman», – degan Manolasdan iqtibos keltirdi Football Italia.

Qayd etish kerak, bugun, 8 iyun kuni Greciya va Italiya milliy jamoalari Yevro-2020 saralashi doirasida Afinada o'zaro kuch sinashadi.

27 yoshli Kostas 2014 yildan buyon «Roma» sharafini himoya qilib keladi. O'tgan mavsumda u A Seriyaning 27ta o'yinida bittadan gol va assist muallifi bo'lgan, 6ta sariq kartochka olgandi.

Manba: Vk.com
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты