Yangiliklar tasmasi

Premer-ligada yangi mavsumning ilk turi taqvimi ma'lum bo'ldi


Muharrir: / Ko'rildi: 11637 marta
Ijtimoiy tarmoqda APL 2019/20 mavsumining ilk turi taqvimi paydo bo'ldi

Unga ko'ra, Premer-ligada yangi mavsum 10 avgustdagi 7ta o'yin bilan boshlanadi.

Jumladan, ilk uchrashuv Londonda «Tottenhem» va «Norvich» o'rtasida kechadi. Shu kuni poytahtning yana ikki grandi «Arsenal» va «Chelsi» mos ravishda «Kristal Pelas» va «Sauthempton» mehmoni bo'ladi. Kunning so'nggi bahsida «Liverpul» «Bernli»ga qarshi safarda maydonga chiqadi.

«Manchester Yunayted» 11 avgustda «Brayton»ni qabul qilsa, amaldagi chempion «Manchester Siti» bundan bir kun o'tib – dushanbada «Vulverhempton» maydonida bahs olib boradi.

Qayd etish kerak, Angliyada mavsum 4 avgust kuni superkubok o'yini bilan start oladi. Shu kuni Londondagi «Uembli» stadionida «Liverpul» va «Manchester Siti» klublari o'zaro to'qnash keladi.

Premer-liga yangi mavsumning taqvimini rasman ertaga, 13 iyun kuni elon qilishi kutilmoqda.

Manba: tribuna.uz
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 ArsenaL_Muhlisi (2949)
Xorazm viloyati (12.06)

Bu Menimcha yolg'on. Ertaga hammasi ayon bo'ladi
a

 arsenal (739)
Navoiy viloyati (12.06)

yaxwi zur olga arsa

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты