Yangiliklar tasmasi

Emeri "Bavariya"ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi


Muharrir: / Ko'rildi: 7638 marta
Unay Emeri "Bavariya" ustidan qozonilgan g'alaba(2-1)dan so'ng o'z fikirlari bilan o'rtoqlashdi

"Biz mavsumga tayyorgarlikni davom ettiramiz. Bizning maqsadimiz ritmni qo'lga kiritish, o'yin vaqtini taqsimlash va ishonch bilan o'ynash edi".
 
"Biz har bir o'yinda g'alaba qozonishni istaymiz, bu eng muhim narsa emas, lekin aslida biz o'zimiz uchun muhim bo'lgan narsalarni ko'rishimiz mumkin".

"Bizning yosh futbolchilar uchun mas'uliyatimiz bor, ularga mavsumoldi o'yinlarda o'ynash imkoniyatini beramiz. Ba'zi futbolchilar mavsum davomida biz bilan birga bo'lishadi, endi ular tajribali futbolchilar bilan o'ynash imkoniga ega. Masalan, Nketia Shulega qarshi".
 
"Ularga ko'proq ishonamanmi? Bu ularning ishlashiga bog'liq. Ko'plab yosh futbolchilar "Kolorado Rapids"ga qarshi o'ynashdi. Ular bizga hozir kerak va kelajakda ham".
 
"Ushbu klub tarixi, buguni va kelajagi uchun bizning vazifamiz yosh futbolchilarga imkoniyat berishdir. Agar ular bir daqiqaga loyiq bo'lsalar, ular bir daqiqa oladi. Men ulardan juda xursamdman".

"Hozir Naylz va Kolashinatslarga ishonaman. O'tgan yili uchta markaziy himoyachi bilan hujum qilish vaqtida harakat qilishlari uchun juda ko'p o'yin o'tkazdik. Bizning maqsadimiz bugun o'zimizni himoya qilish edi, birinchi maqsad himoyalanish, himoya to'rtligini yaxshi ushladik. Ular bir muddat kuchli o'yin kursatdi, ammo bu yaxshi".

Yungberg haqida: "U har bir yosh futbolchini bizdan yaxshiroq biladi. Masalan, Robbi Burton, men uni bilmasdim. Freddie menga 6 yoki 8-nuqtada ko'proq o'ynash uchun yaxshi o'yinchi ekanligini aytdi. Haqiqatan ham u bizga yordam berdi". -dedi: Emeri

Manba: Fc-arsenal.uz
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 www arsenal uz (211)
Samarqand viloyati (18.07)

emeri yosh uchinchlilar bilan kifoyanlanmay tarkibni kuchaytir aniqsa ximoyani omad sanga emeri

 Yusupov.13 (1407)
Qashqadaryo viloyati (18.07)

Telegramda o'yinni 7 minlik videosini ko'rdim o'ng qanot himoya hafa ko'rindi lekin

 @rsenal$$$ (147)
Xorazm viloyati (18.07)

Everton!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты