Yangiliklar tasmasi

Emeri: "Men sardorlardan biri ingliz futbolchisi bo'lishini xohlayman"


Muharrir: / Ko'rildi: 11031 marta
Emeri, Rob Holding jamoa sardorlaridan biri bo'lishi mumkinligini aytib o'tdi

Bu haqida (James Benge) Football London nashri xabar bermoqda.

"Biz uning rivojlanishidan mamnunmiz. U bir necha kun ilgari biz bilan mashg'ulotni boshladi. Biz uni tezroq tiklanishi uchun unga ozroq o'ynash imkoniyatini beramiz".
 
"Biz uning markaziy himoyachi sifatida bizga yordam berishiga muhtojmiz. Jarohatidan oldin, u yuqori darajada o'ynadi".

"O'tgan yili Granit Jaka, Mesut O'zil va Nacho Monreal sardorlar edilar. Biroq, Aaron Remzi va Petr Chexni ketganidan keyin, ehtimol, Loran Koselni ham, men ko'prog'ini xohlayman".
 
"Angliyalik futbolchi "Arsenal" ning ruhiyatini va qadriyatlarini tushunishi mumkin. Etakchilik tajribasi, maydonda va undan tashqarida namuna, xarakter, jamoa va murabbiylar bilan yaxshi aloqalar. Bular sardorda ko'rmoqchi bo'lgan fazilatlarim. Men sardorlardan biri ingliz futbolchisi bo'lishini xohlayman".-deydi: Emeri

Manba: Football London
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar
A

 Aziz#Arsenal (3628)
Qashqadaryo viloyati (19.07)

ArsenaL_Muhlisi, transferlarning hammasi chupchak bulib qoldi Arsenal haqidagilari

 ArsenaL_Muhlisi (2949)
Xorazm viloyati (19.07)

@rsenal$$$, eng oxirgi yangiliklarni tez tez chiqarib turishibdi. Ular ham yangilik chiqsa tarjima qilib chiqaradi yoki o'zidan cho'pchaq to'qib yozmaydiku.

 @rsenal$$$ (147)
Xorazm viloyati (19.07)

Yangilik nega kam.

 ABDULLA-URAZBAYEV (3166)
Xorazm viloyati (19.07)


A

 Akbar (2)
Qashqadaryo viloyati (19.07)

Kak de light day boʻladi menimcha
A

 Aziz#Arsenal (3628)
Qashqadaryo viloyati (19.07)

www arsenal uz, Roy Holding emas Rob Holding

 Obidjon Rahimov (3608)
Samarqand viloyati (19.07)

O'tgan yili Angliyalik o'yinchila yoqligi uchun hakamlar ham bizga qarshi oynadı. Bu yil unaqa bolmasligi kerak

 www arsenal uz (211)
Samarqand viloyati (19.07)

roy xoldingga sardorlik bog'ichini topshirsa buladi roy xolding ajoyib uyinchi man xoldingga ishonaman omad sanga roy xolding

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты