Yangiliklar tasmasi

Emeri "Byornli"ga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?


Muharrir: / Ko'rildi: 10136 marta
Bosh murabbiy Unay Emeri "Byornli" ustidan qozonilgan g'alabadan (2-1) so'ng intervyu berdi

"Biz xursand bo'lishimiz mumkin. Biz qiyin bo'lishini bilardik, maydonga o'z g'oyamiz va o'yinni rejalashtirish bilan moslashishimiz kerak edi, ko'p vaziyatlarda biz rejalarimizni amalga oshira olmadik, raqib maydonda jangga otlandi. Muxlislarimiz bilan bitta katta muhit yaratishni istadik. O'ylaymanki, ba'zi yangi o'yinchilar bizning o'yinimizga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Uillok juda yaxshi o'ynadi".
 
Sballos haqida: "Biz uni to'g'ri ishlatishda davom etamiz. Men u 8 va 10-raqamlardagi pozitsiyalarda o'ynashini aytishdan oldin u bilan gaplashdim. U 10-raqamli pozitsiyada boshladi, ammo Uillok bilan almashib o'ynashdi. U maydonda o'zini yaxshi his qildi".

Kuchli start haqida: "Oldinda yana 36 ta o'yin kutib turibdi. Biz ikkita g'alaba bilan boshladik, o'tgan yili startda ikkita mag'lubyat bilan boshlagandik. Bizning vazifamiz har bir o'yin. Biz xursandmiz, oltita ochkoga egamiz. Keyingi hafta biz "Liverpul" ga qarshi o'ynaymiz, bu katta qiyinchilik. Biz realistmiz, qiyin bo'ladi".

"Biz jamoadagi har bir pozitsiyada raqobatdosh bo'lishni xohladik".
 
"Har bir o'yinchi formada bo'lganda, bu juda yaxshi. Bizda hali etishmayotganlar bor. Ammo biz raqobatdosh bo'lishimiz kerak. Zahirada muhim o'yinchilar borligini afzal ko'raman. Jamoa yanada raqobatdosh bo'ladi".

VAR haqida: "Men uchun bu ijobiy rivojlanish. Munozarali masalalarni tekshirish mavjudligi yaxshi".-dedi: Emeri

Manba: Sky Sports
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar
A

 Ataniyaz (132)
Andijon viloyati (18.08)

Iskandar jora ha shunday. Cebalos bugun zor oynadi. Biroq hali qancha oyin bor kelasi yil may oqirigacha jarohatsiz shiqib ketsa sotib olichi mumkin. Uzi u realda jarohoti kop bolgani i oyini ochilmagasin ketti. Emeri uni probaga koryabdi uni. Nima bosayam jorohatsiz shiqib ketsin oyinlari ochilib.
I

 Iskandar_arsenal (19)
Andijon viloyati (18.08)

Sabalios faqat bir mavsumga ijaraga kelgan shundaymi

 Muhriddin (2123)
Toshkent viloyati (17.08)

Себальос зўр ўйнаяпди урга кўпроқ ўйин амалиёти тақим этиш лозим

 Temur (341)
Farg'ona viloyati (17.08)

Sabalios shu ketishda super pleymeyker bolishi mumkun
A

 Azizxon (96)
Andijon viloyati (17.08)

Sebalyosga kuproq imkon beriw kerek markazda zur uynayabdi
A

 Azizxon (96)
Andijon viloyati (17.08)

Sebalyosga kuproq imkon beriw kerek markazda zur uynayabdi

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты