Yangiliklar tasmasi

"Arsenal" futbolchilaridan ajoyib natijalar


Muharrir: / Ko'rildi: 10533 marta
"Byornli" bilan o'yindan so'ng "Arsenal" futbolchilari ajoyib natijalarga erishdi

Obameyang: U "Byornli"ga qarshi so'ngi 4 o'yinda 7ta gol urdi. Uning gollari APLning barcha jamoalaridan 4taga ko'proq.

Lyakazett: O'zining "Arsenal"dagi debyutidan beri "Emerates"da 28ta golda ishtirok etdi (21+7). Ushbu ko'rsatkich "Arsenal" futbolchilari orasida yagona ko'rsatkich hisoblanadi.

Dani Seballos: U "Arsenal"ning Premer-ligadagi asosiy tarkibida debyut o'yinida 2+ assistni amalga oshirgan uchinchi futbolchiga aylandi. Bungacha bunga faqat Rey Parlor va Genrix Mxitaryan erishgan.

Manba: Vk.com
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar
1 2 »

 Abdumajid (4922)
Toshkent shahri (18.08)

Ache , U bir mavsum davomida zo'r o'ynab bersa ham rozimiz, chunki yomon o'ynasa ham zo'r o'ynasa ham Arsenal sotib olmaydi. Tabiiyki bunday xolatda Seballos yaxshi o'yinlari bilan bir yil davomida Arsenalga ko'p foydasi tegsa balki Realga qaytgandan ko'ra shu jamoada qolganim yaxshidur degan hayolga borib qolishi ham mumkin. Buni albatta vaqt ko'rsatadi.

 Abdumajid (4922)
Toshkent shahri (18.08)

Unai Emeri Arsenal tarkibini yoshartirishda davom etmoqda. Bu yaxshi xolat, O'tgan mavsum Gunduzi asosiy tarkibda juda ko'p o'yinlarda maydonga tushgan edi. Bu mavsumdan boshlab Willock ham asosiy tarkibga kirish uchun bemalol kurasha olishini isbotlamoqda. Uni ustiga yana yosh o'yinchilarni transfer qildik. Tirni, Saliba bunga misol bo'la oladi. Pepe ham qariya o'yinchi emas. Arsenalda bir navi avlodlar almashuvi ro'y bermoqda. Qariya futbolchilardan Lexshtayner, Koselniy va yana shunga o'xshash futbolchilar jamoani tark etishdi. Jamoada xozirda 30 yoshdan o'tgan futbolchilar barmoq bilan sanaydigan darajada qoldi. Monreal, Luiz, Sokratis, O'zil, Miki va Obameyang. Monreal bilan agarda shartnoma uzaytirilmasa, uning so'nggi mavsumi. Luiz bilan uzoq muddatli shartnoma imzolanmadi. Sokratis esa yana 3-4 yil shu tempda o'ynay oladi. O'zil bu mavsum yoki kelasi mavsum jamoani tark etsa kerak. Miki esa Arsenalda o'z o'yinini topa olmayapti va bu mavsumdan boshlab ko'p vaqtini zahira o'rindig'ida o'tkazsa kerak. Nima bo'lgan taqdirda ham, sevimli jamoamiz tarkibini yoshartirib olgani foydadan holi emas va albatta endi Arsenal o'zining asosiy o'yinchilarini saqlab qolishni ham o'rgandi. Buni ham nazardan qocharmaslik lozim...

 arsenalmax (2969)
Toshkent shahri (18.08)

Dibut oynimi yomi muhimi u arsenalga tez moslashib ketdi u Kasorlani eslatib yuvorvoti

 arsenalmax (2969)
Toshkent shahri (18.08)

Dibut oynimi yomi muhimi u arsenalga tez moslashib ketdi u Kasorlani eslatib yuvorvoti
A

 Ache (245)
Sirdaryo viloyati (18.08)

Sebalyosni debyuti Newcastle bn oyinda otib ketgan

 Obidjon Rahimov (3608)
Samarqand viloyati (18.08)

Ache , To'g'irlab qo'ydim
A

 Ache (245)
Sirdaryo viloyati (18.08)

Abdumajid, Togri gaplariz. man aytganim hamma joyda wunaqa yoziwgande. Sebalyos debyutida 2 ta assist qildi deb. Telegramdagi kanallarda 1 ta oyin 2 ta assist deb yoziwgan. maqsad Sebalyosni yanayam zo'rroq qilib korsatish. kechagi oyini bunga arziydi. lekin u haqida hulosa qiliwga hali erta. keyin yana bir tomoni u qancha zo'r oynasa bizda qolmasligi shuncha aniq bolib boraveradi...
A

 Ache (245)
Sirdaryo viloyati (18.08)

Mkhitaryanni debyuti ham ilk tuwgan oyini bolgan. Everton bn 5:1 yutganmiz. 3 ta assist bergan. Bu xato fakt. debyut oyinida Sebalyos hech nmaga eriwmagan
A

 Ache (245)
Sirdaryo viloyati (18.08)

Obidjon Rahimov, Lekin debyut deb yozilgan. Agar asosiy tarkibda tuwsagina debyut bolsa Denis Suares debyut qilmay ketgan boladi. Asosiy tarkibdagi debyut deb yoziliwi kere unda

 ABDULLA-URAZBAYEV (3166)
Xorazm viloyati (18.08)

Olģa CONNONERS

 Abdumajid (4922)
Toshkent shahri (18.08)

Ache , G'alabadan mast bo'lib qolish uchun Arsenal yo 5-0 6-0 xisobida yutishi kerak edi, yoki raqib jamoani o'yinning juda ko'p qismida o'z jarima maydoniga qamab qo'yishi kerak edi. Buni ikkalasi ham bo'lmadi, lekin eng asosiysi g'alaba. Yangi futbolchilar bilan eski futbolchilar endi endi bir-birlarini tushunib borishmoqda. O'tgan mavsumdagi tarkib bilan bu mavsumdagi tarkib umuman farq qiladi.

 Mansur (471)
Surxondaryo viloyati (18.08)

Tan okish kerakki Lyakazet ajoyib futbolchi yo'q joydan ham vaziyat yarata oladi va gol bilan yakunlaydi

 Mansur (471)
Surxondaryo viloyati (18.08)

Jamoaning ham futbolchilarning natijalari yaxshi ko'z tegmasin-a
K

 Komil (5)
Navoiy viloyati (18.08)

Xudo xoxlasa uzoq muddatli seriya qayd etamiz

 Obidjon Rahimov (3608)
Samarqand viloyati (18.08)

#Terri Anri#, Kechagi o'yinda Pepe va Obameyang kotrataka qilganida men gol urdi deb òylovdim. Oba sustlik qildida

 Obidjon Rahimov (3608)
Samarqand viloyati (18.08)

Ache , Bu erda asosiy tarkibdagi debyuti nazarda tutilgan
A

 Ache (245)
Sirdaryo viloyati (18.08)

Hamma g'alabadan mast bb qolganmi? Bu Sebalyosni debyut oyini emas. U Newcastle bn oyinda debyut qilgan. bu uning ikkinchi oyini

 #Terri Anri# (4280)
Sirdaryo viloyati (18.08)

Obamiyang Lakazett lar gol urdi endi navbat Pepega omad jamoamizga

 #Terri Anri# (4280)
Sirdaryo viloyati (18.08)

Emerining topqirligiga besh ketim Sebalyos ni jamoaga olib kelib adashmagan ekan
A

 Ataniyaz (132)
Andijon viloyati (18.08)

Следующий Ливерпуль. Теперь отомстить Арсенал за 0:5.

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты