Yangiliklar tasmasi

38 yoshli sobiq "Arsenal" futbolchisi futbolchilik faoliyatini yakunladi


Muharrir: / Ko'rildi: 6890 marta
Himoyachi Eshli Koul futbolchilik faoliyatini yakunlaganligini e'lon qildi

"Ko'p o'ylashdan so'ng, mening faoliyatimni tugatish vaqti keldi".

"Keyingi bobni sabrsizlik bilan kutyapman, umid qilamanki bu murabbiylik bilan bog'liq".

"Hozir men kursni o'tamoqdaman va ajoyib murabbiy bo'lishni istayman", - dedi 38 yoshli ingliz «Chelsi»-«Lester»o'yini oldidan televizordagi jonli efirda.

Koul "Arsenal", "Chelsi" va "Kristal Palas" jamoalarida o'ynagan. O'tgan mavsumda futbolchi Frenk Lempard murabbiylik qilgan "Derbi" da o'ynadi.

"Arsenal" tarkibida Koul 1998-2006 yillarda o'ynagan, u erda ikki marta Premer-liga (2001/02, 2003/04) va Angliya Superkubogini (2002, 2004), uch bor Angliya kubogini (2002, 2003, 2005) yutgan.

Futbolchi 2006 yildan 2014 yilgacha "Chelsi" tarkibida o'ynagan, Chempionlar Ligasi (2012), Premer Liga (2009/10), Evropa Ligasi (2013), Angliya Superkubogi (2009), Liga kubogi va to'rtta Angliya kubogini (2007, 2009, 2010, 2012) yutgan.

Koul Angliya terma jamoasi bilan yuzdan ortiq o'yin o'tkazgan.

Manba: Daily Mail
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar
A

 Aziz#Arsenal (3628)
Qashqadaryo viloyati (19.08)

Shuncha sovrin qoyil
a

 arsenal (739)
Navoiy viloyati (19.08)

zur himoyachi edi
A

 Ataniyaz (132)
Andijon viloyati (18.08)

Oz davrinig yulduzi edi

 jahongir (162)
Navoiy viloyati (18.08)

man bilgan eng yaxwi himoyacilardan beri

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты