Yangiliklar tasmasi

Seballos: Men "Burnley" ustidan qozonilgan g'alabani esdan chiqarmayman.


Muharrir: / Ko'rildi: 7111 marta
""Arsenal" yarim himoyachisi Dani Seballos Premer-ligadagi "Burnley" ga qarshi o'yinini butun umri davomida eslab qolishini aytdi".

"Eslatib o'tamiz. Seballos yozgi transfer vaqtida "Real Madrid"dan bir yillik ijara asosida "Arsenal" safiga kelib qo'shilgan. U kuni-kecha "Arsenal" tarkibida o'zining ikkinchi rasmiy o'yinini o'tkazdi va "Arsenal" tomonidan kiritilgan ikkala golga hammualliflik qildi. Bu "to'pchilar"ga 2: 1 hisobida g'alaba qozonishga yordam berdi".

"Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi uchun rasmiy mukofotni olgan 23 yoshli Ispaniyalik futbolchi, jamoaga uch ochko olishga yordam berganidan juda ham mamnun ekanligini ochiqlab o'tdi".

"Ajoyib o'yin o'tkazganingizda va jamoaga g'alaba qozonishga yordam berganingizda, mamnuniyatni his qilasiz va yaxshi ish qilganingizni bilib, xotirjamlik bilan uyga qaytasiz".

"Haqiqat shundaki, bu mening hayotimdagi eng muhim kunlardan biri edi. O'ylaymanki, o'z maydoningizda g'alaba bilan boshlash va o'yin oxirida barchada g'alabaga bo'lgan ishtiyoqni ko'rish, buni sizlarga qisqa qilib aytsam, bu kunni unutishni xohlamayman".

Manba:Fapl.ru
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar

 Begijon (1233)
Toshkent shahri (21.08)

Yoki otasinay narxiniyam qo'wib qo'ymasa bo'ldi

 Begijon (1233)
Toshkent shahri (21.08)

O'yini ochilsn liverpolga qarwiham undan super asistlar kutamiz.. lekin 1 yil o'tib arsenal sotib olaman desa real sotmay qiliq chiqarmasa bo'ldi

 Muhriddin (2123)
Toshkent viloyati (19.08)

Себальос яхши таасурот қолдирмоқда шундай давом этса юлдуз бўлади ҳали

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты