Yangiliklar tasmasi

«EMIRATES» stadioni


Muharrir: / Ko'rildi: 3952 marta
Hayberi (Highbury)

Ma’lumotnoma
Qurilgan: 1913 yil
Rekonstruktsiya: 1932-1936, 1992-1993
Yopilgan: 2006
Lohiya qiymati: 125 ming funt (1913 yilda)
Arxitektor: Archibald Leytch (1913), Klod Ferrer va Uilyam Binni (1930 yilda), Populous (shimoliy tribunlar)
Tegishli tashkilot: ArsenalHoldingplc
Sig‘imi: 38 419
Uy o‘yini o‘tkazgan: «Arsenal» FK (1913-2006 yillarda)

[Rasm o'chirilgan.]

«Xayberi». Londonning «Arsenal» klubiga tegishli bo‘lgan stadion. Jamoa 1913 yildan 2006 yilgacha shu stadionda uy uchrashuvlarini o‘tkazgan. Arena 1913 yilning 6 sentyabrida ochilgan va 38 ming 500 muxlisga mo‘ljallangan. 2006 yilda «Arsenal» «Xayberi» bilan xayrlashdi va «Emireyts» stadioniga ko‘chib o‘tdi.

1986 yilda tashkil etilgan «Arsenal» klubi uzoq vaqt stadionsiz yurdi. Jamoa avvaliga o‘ziga homiylik qiluvchi artilleriya zavodi stadionida o‘ynab yurdi. Keyinchalik «Arsenal» ilk natijalarini qayd etgach unga maydon va kiyinish xonasi bo‘lgan «Invikt» stadionini taklif qilishdi. Jamoa «Fulhem» bilan ularning stadionida o‘ynashga ham kelisha olmaganidan keyin «Invikt»da o‘ynab yurdi. 1913 yilning yozida klub xo‘jayini Genri Norris Londonning Xayberi hududidan er sotib oldi va o‘sha erga stadion qurishga qaror qildi. Norris er oldi va 21 yillik ijaraga kelishdi. Ko‘p o‘tmay 6 sentyabrda staion qurildi. O‘sha kuni stadionda birinchi o‘yin o‘tkazildi. Unda «Arsenal» «Lester Foss»ni qabul qildi hamda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mehmonlar futbolchisi Tommi Benfild «Xayberi»dagi birinchi gol muallifi bo‘ldi. «Arsenal»dan bu baxtga Jojr Jobi muyassar bo‘ldi. 1925 yilga kelib «Arsenal» aslida kollejga qarashli bo‘lgan erni 64 ming funtga sotib oldi. Ikkinchi jahon urishi vaqtida staionga nemislar tomonidan jiddiy zarar etkaziladi.Shundan keyin ko‘plab qayta ishlash olib boriladi, leikin faqatgina 1992 yilga kelib «Xayberi» to‘liq ta’mirlanadi va chiroyli ko‘rinishga keladi. «Arsenal» «Xayberi»dagi oxirgi o‘yini 2006 yilning 7 mayida «Uigan»ga qarshi o‘tkazadi. O‘yinda Arsen Venger jamoasi 4:2 hisobida g‘alaba qozonadi va Teri Anri uchta golga mualliflik qiladi. Stadion yopilgandan keyin uning har bir detali kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Burchakdagi bayroqchalar, darvoza ustunlari, to‘rlari va hokazolar.

«Emireyts»
Ma’lumotnoma
Ochilgan: 2006 yil 6 iyul
Homiy: «Emirates Airline»
Loyiha qiymati: 700 million dollar
Sig‘imi: 61 000
Maydon o‘lchami: 110x75

[Rasm o'chirilgan.]

Londonning «Arsenal» klubi 2006 yilda afsonaviy «Xayberi» stadioni bilan xayrlashdi. O‘sha yillardan jamoa BAAning «Emirates Airline» korxonasi bilan hamkorlik qila boshladi. Staionni aynan «Arsenal»ning bosh homiysi qurdi va unga «Emireyts» nomi berildi. Stadion ayni vaqtda Angliya klublari stadionlari ichida «MYu»ning «Old Trafford» arenasidan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi. Angliyadagi juda ko‘p klublar bu stadionda o‘ynash yoqimli ekanini ta’kidlashadi. «Emireyts» dagi ilk uchrashuv 2006 yilning 6 iyulida bo‘lib o‘tadi. O‘sha kuni jamoa afsonasi Dennis Berkampning xayrlashuv o‘yini o‘tkazildi. «Arsenal» Gollandiyaning «Ayaks» klubini qabul qiladi va 2:1 hisobida g‘alaba qozonadi. Stadiondagi birinchi xalqaro o‘yin o‘sha yilning kuzida bo‘ladi. Braziliya hamda Argentina terma jamoalari o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishadi va o‘yinda Pele vatandoshlari 3:0 hisobida g‘alaba qozpnishadi. Stadiondagi chiptalar narxi joylashgan o‘rin va o‘yin darajasiga ko‘ra belgilanadi. 2010 yil ma’lumotiga ko‘ra, eng arzon chipta 14 funt, eng qimmati esa 95 funtni tashkil qiladi. «Emireyts» jahonning eng qimmat staionlaridan biri hisoblanadi. Uni qurish uchun 700 million dollar sarflashgan edi.
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar
1 2 »

 ABDULLA-URAZBAYEV (3166)
Xorazm viloyati (17.08)


 AngMaR (3788)
Namangan viloyati (15.09)

Super zamonaviy stadion

 AngMaR (3788)
Namangan viloyati (15.09)

Eng zo'r stadion

 ABDULLA-URAZBAYEV (3166)
Xorazm viloyati (24.02)

qani wu stadionda 1 marta bölsam. zör bölardi. malumotam zör

 Shuhrat_Erkaboyev (762)
Farg'ona viloyati (02.09)


 Shuhrat Karimov (3511)
Samarqand viloyati (08.02)

Tashqi korinishi han yaxshi

 Shuhrat Karimov (3511)
Samarqand viloyati (08.02)

Stadionlar bir biriga yaqin ekan

 Shuhrat Karimov (3511)
Samarqand viloyati (08.02)

Ikkala stadionda ham galaba bilan boshlagan ekan arsenal

 Shuhrat Karimov (3511)
Samarqand viloyati (08.02)

Ajoyib stadiinga egada

 Jaxongir (1261)
Toshkent viloyati (18.01)

Qani shu stadionda futbol o'ynasam...orzuga ayb yo'q deyishadiku..omad Arsenalga..

 JAKA (59)
Farg'ona viloyati (22.12)

Гузал стадион

 Shamsiddin_Gunner! (3720)
Sirdaryo viloyati (17.12)

Emirates ajoyib stedium !

 Muhammadqodir (4309)
Jizzax viloyati (08.12)

Shonli stadionlardan biri

 Muhammadqodir (4309)
Jizzax viloyati (08.12)

Rostdan ham shunday deganmi?

 Muzaffar (EmiratER) (1128)
Qoraqalpog'iston Respublikasi (07.12)

Oldin Bavariya bilan oyindan oldin Levandovski, Emiratesdagi chimlar uyimdagi gilamday degandi

 Aubameyang (3219)
Navoiy viloyati (02.12)

Emirates eng zöri

 Shohruharsenal (282)
Farg‘ona viloyati (02.12)

Emirets foyda olish bo'yicha 1 örinda ekan

 Shohruharsenal (282)
Farg‘ona viloyati (02.12)

Emirites dunyoning eng chiroyli va shinam stadionlaridan biri.

 Ravsenal (688)
Sirdaryo viloyati (02.12)

Yaqinda qurilgani uchun ham bizni stadion hamma talablarga javob beradi. Eng zamonaviy stadionlardan biri.

 !!!_O`ktamjon_!!! (2216)
Surxondaryo viloyati (02.12)

Emirаtes stаdionigа gаp yo'q

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты