"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Roy Kin "Arsenal" yarim himoyachi Deklan Rays uchun juda ko'p pul sarflagani haqida gapirdi.
"Tabiiyki, endi uning atrofida darajasi yuqoriroq sheriklar bo'ladi va u avvalgidan oldinroqda harakat qilsa, unga qo'yiladigan talablar ham o'zgaradi. U jismonan baquvvat va jamoasi ko'proq gol urishi uchun salohiyati etarli.
Ammo bularning barchasi bilan bir qatorda, uning transferi uchun ko'proq to'lashgani ham aniq. Bu Deklan Rays, yuz million funtdan qimmatrog'iga arzimaydi. To'g'ri, hozirgi zamonda bu tarifni ko'pchilikka ishlatish mumkin. Ammo... Yaqin bir-ikki yilda uning asl darajasini bilib olamiz", – dedi Kin ITV efirida.
Eslatib o'tamiz, londonliklar futbolchini 105 million funtga sotib oldi. Bu britan futboli tarixidagi eng yirik ichki o'tish sanaladi.
Manba : championat.com
Izoh qoldirish
Eslatma:
Mulohaza bildirishda ehtiyotkor va bosiq bo‘lishingizni,
o‘zgalar fikrini hurmat qilishingizni hamda muomala madaniyatiga
rioya etishingizni so‘raymiz. Iltimos, qo‘pol va noloyiq so‘zlarni ishlatishdan tiyiling.
Ushbu shartlarga mos kelmagan mulohazalar o‘chiriladi.