"Arsenal"dagilar himoyachi Aleksandr Zinchenko bilan shartnomani uzaytirish masalasini ko'rib chiqmoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, London klubi ukrainalik futbolchi uchun 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tayyorlashmoqda. Klub va futbolchi o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2026 yil yoziga qadar davom etadi. Futbolchi o'tgan mavsumning boshida "Arsenal" tarkibiga borib qo'shilgandi. Bunga qadar u "Manchester Siti", PSV va "Ufa" kabi jamoalar tarkibida harakat qilgan.
Ushbu mavsumda Zinchenko APLda 6 o'yinda qatnashdi.
Izoh qoldirish
Eslatma:
Mulohaza bildirishda ehtiyotkor va bosiq bo‘lishingizni,
o‘zgalar fikrini hurmat qilishingizni hamda muomala madaniyatiga
rioya etishingizni so‘raymiz. Iltimos, qo‘pol va noloyiq so‘zlarni ishlatishdan tiyiling.
Ushbu shartlarga mos kelmagan mulohazalar o‘chiriladi.