"Arsenal" ustozi Mikel Arteta "Bornmut"ga qarshi bellashuvda (4:0) jarohat olgan jamoa azolari Bukayo Saka va Gabriel Jezusning holati haqida gapirdi.
Saka ikkinchi bo'limda oqsoqlagancha maydonni tark etdi. Jezus esa o'yin oxirida tizzasida og'riq his qilgandi.
"Saka ancha qattiq zarbani qabul qilib oldi. Uning holatini aniq bilmayman, u bilan bemalol gaplashishga imkon bo'lmadi. Jezus? U oqsoqlanayotgandi va oyog'idagi og'riq tufayli o'zini yaxshi his qilmayotgandi. Biroq aniq bir nima deyish uchun tibbiy tekshiruv natijalarini kutishimiz kerak bo'ladi".
Izoh qoldirish
Eslatma:
Mulohaza bildirishda ehtiyotkor va bosiq bo‘lishingizni,
o‘zgalar fikrini hurmat qilishingizni hamda muomala madaniyatiga
rioya etishingizni so‘raymiz. Iltimos, qo‘pol va noloyiq so‘zlarni ishlatishdan tiyiling.
Ushbu shartlarga mos kelmagan mulohazalar o‘chiriladi.