"Bayer" yarim himoyachisi Granit Jaka nega mavsum oldidan Londonning "Arsenal" jamoasidan Leverkuzenga ko'chib o'tganini tushuntirdi.
"Ular mening rafiqam tufayli Germaniyaga qaytayotganimni yozishdi. Bu yolg'on. U ham men kabi Londonda juda baxtli edi.
Futbolchi va sportchi sifatida o'zim shunday qarorga kelganman. Men Germaniyaning rejali va nimagadir erishmoqchi bo'lgan top-klubiga o'tdim. Albatta, ko'chib o'tishimiz oson kechdi, chunki biz avval Dyusseldorfda yashaganmiz va rafiqam o'sgan Myonxengladbaxga yaqinmiz", – dedi Granit Jaka.
Granit Jaka joriy mavsum "Bayer" tarkibida barcha musobaqalarda 8 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. SHveycariyalik futbolchi Xabi Alonso jamoasida asosiy o'yinchi hisoblanadi.
Manba : Neue Zürcher Zeitung
Izoh qoldirish
Eslatma:
Mulohaza bildirishda ehtiyotkor va bosiq bo‘lishingizni,
o‘zgalar fikrini hurmat qilishingizni hamda muomala madaniyatiga
rioya etishingizni so‘raymiz. Iltimos, qo‘pol va noloyiq so‘zlarni ishlatishdan tiyiling.
Ushbu shartlarga mos kelmagan mulohazalar o‘chiriladi.