Yangiliklar tasmasi

Mustafi transferi uchun jiddiy harakat


Muharrir: / Ko'rildi: 1728 marta
«Arsenal» «Valensiya» himoya­chisi Shkodran Mustafini sotib olishga jiddiy kirishgan. Yakshanba kuni «Manchester Siti» bilan o‘yinda «kanonirlar» himoyachisi Gabriel Paulista jarohat olgandi.

«Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger transfer oynasi yakunlanguncha uning o‘rniga boshqa futbolchi sotib olmoqchi. Mustafi «to‘pchilar»dan biri bo‘lishga asosiy nomzod hisoblanmoqda.

«Arsenal» Germaniya terma jamoasi futbolchisi uchun rasman 20 million funt sterling taklif qildi.
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты