Yangiliklar tasmasi

Zo‘r “PULLANGAN” futbolchilar


Muharrir: / Ko'rildi: 1915 marta
Italiya va Angliya futbol jamoalarining mutaxassislari haqiqiy “yulduz”ni “hid”idan biladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu ikki davlat jamoalari “yulduz” ishlab chiqarib, ularni pullashda ham ustasi farang. Quyidagi transferlar bunga misol.

Aleksis Sanchez
“Udineze” iqtidorlarni kashf qilish san’ati bilan anchagina dovruq qozongan. Italiya klubining selektsiya bo‘limi doimiy ravishda Janubiy Amerika va Afrika davlatlaridan bo‘lajak “yulduz”larni izlab yuradi. Xususan, 2006 yili Chili termasi va “Kabreloa” jamoasi o‘yinchisi Sanchezni 1,7 mln. funt-sterlingga sotib oladi va besh yil o‘tib, uni “Barselona”ga 25 mln.ga sotib yuboradi. Ha, albatta, oradagi farq katta.

Zlatan Ibragimovich
Yana bir Italiya jamoasi “Inter” Zlatan Ibragimovichni 20 mln. funt-sterlingga sotib oladi va 50 mln.ga “Barselona”ga sotib yuboradi. Mutaxassislar keyinchalik, Ibragimovich bu narxni oqlay olmadi, deya fikr bildirishdi. Biroq bu endi “Inter”ning tashvishi emas.

Raxim Sterling
Ko‘pchilik Raximni “Liverpul”da o‘sib-ungan futbolchi, deb biladi. Aslida, bunday emas. “Liverpul” Raxim Sterlingni arzimagan 600 ming funt-sterlingga “Kuinz Park Reynjers”dan sotib olgan. Hozirda Raxim “Liverpul”ni janjal bilan tark etgan bo‘lsa-da, jamoa uning orqasidan foyda ko‘rdi. “Manchester Siti” Raxim uchun 50 mln. funt to‘lagan.

Edinson Kavani
Avvaliga “Napoli” Kavani uchun “Palermo”ga 17 mln. sarflab, achingan bo‘lsa, keyinchalik suyungani aniq. 2013 yilda “PSJ” Edinson Kavanini “Palermo”dan 64 mln. evroga sotib oldi.

Zinedin Zidan
14 yil avval futboldagi transfer narxlaridan dunyo ahli aqldan ozay degandi. “Real” jamoasi Zidan uchun “Yuventus”ga 48 mln. funt-sterling to‘lagan. “Yuventus” esa, bo‘lajak jahon “yulduz”ini “Bordo”dan bor-yo‘g‘i 2,5 mln.ga sotib olgandi. Mana, buni “omadli kelishuv” deyish mumkin.

Kaka
"Milan” Kakani 2003 yilda atigi 8,5 mln. funtga sotib olgan. “Real” esa, braziliyalik futbolchi uchun 56 mln. funt-sterlingdan voz kechgan. Mutaxassislar “Milan”ning mazkur transferdan olgan foydasini 50 mln. deb baholaganlar.

Luis Suares
Angliyaliklardan futbolchilarini arzon-garovga olib bo‘lmaydi. Xususan, “Liverpul” Luis Suaresni “Ayaks”dan 22 mln. funt-sterlingga sotib olib, rekord narxda — 75 mln.ga “Barselona”ga pulladi.

Krishtianu Ronaldu
Angliyaning daromadli transferlaridan yana biri Ronaldudir. “MYu” Krishtianu Ronalduni kulgili narxda – 12 mln. funt-sterlingga sotib olgan va ispanlarga naqd 80 mln. funt-sterlingga sotib yuborgan. Ha, “Real” jamoasi bu rekord darajadagi transfer narxini angliyaliklarga qurtdek sanab bergan.

Garet Beyl
"Real”ning hozirgi futbolchilaridan yana biri Beyl jamoaga qo‘shilishi uchun ispanlar “Tottenxem” jamoasiga 85 mln. funt-sterling to‘laganlar. “Tottenxem” esa, uni “Sautgempton”dan bor-yo‘g‘i 10 mln.ga sotib olgandi. Biroq Beyl “Real”ning to‘lagan pullarini hali oqlaganicha yo‘q.

Pol Pogba
Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi “Yuventus” xavbeki Pol Pogbani o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.
Mazkur transfer uchun mankunianliklar 105 million evro sarfladi va ushbu summani ikki yil muddat ichida to‘laydi.
E’tiborlisi shundaki, fransiyalik 23 yoshli yarim himoyachi dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi. Bundan avval eng qimmat transfer Garet Beylga tegishli edi. 2014 yilda “Real” 100 million evro evaziga Garet Beylni sotib olgandi.
Qimmatlik bo‘yicha keyingi, ya’ni, uchinchi o‘rinni Krishtianu Ronaldu egallab turibdi. U 2009 yili “MYu”dan “Real”ga 94 million evro evaziga o‘tgan.
Bir necha kun avval esa “Yuventus” 90 million evro evaziga “Napoli”dan Gonsalo Iguainni sotib oldi. Uning transferi qimmatligi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda.
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты