Yangiliklar tasmasi

«Arsenal» Riyod Mahrez uchun taklif etilgan pul miqdorini oshirdi


Muharrir: / Ko'rildi: 1622 marta
Londonning «Arsenal» klubi «Lester»ga yarim himoyachi Riyod Mahrez borasida navbatdagi taklif bilan chiqdi.

Eslatib o'tamiz,«Lester» yarim himoyachini 35 million evroga sotishni istamagan edi. Shu sababli londonliklar endi 40 million evro taklif qilmoqdalar.Xabar qilinishicha, Mahrezning o'zi ham «Arsenal»ga o'tishni istamoqda va hatto klubrahbariyatidan o'zini sotib yuborishlarini so'ramoqchi. «Lester» esa aksincha, yarim himoyachi bilan yangi shartnoma imzolash umidida.«Arsenal» Mahrezni sotib olishi haqiqatga yaqin bo'lib turibdi, ammo Angliya chempionati boshlangunga qadar buning ilojibo'lmasligi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Premer liganing ilk turida «Lester» 13 avgustda «Xall Siti»ga qarshi o'ynaydi. «Arsenal» esa o'z maydonida 14 avgustda «Liverpul»ni qabul qilishi lozim.
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты