Yangiliklar tasmasi

Haj va umra ibodatini bajargan 5 taniqli musulmon futbolchi


Muharrir: / Ko'rildi: 1608 marta
1. Pol Pogba. "Manchester Yunayted" va Franciya terma jamoasining etakchi futbolchisi. 23 yoshida u jahonning barcha davrlardagi eng qimmatbaho futbolchisiga aylandi. «Yuventus» klubidan Pogbaning sotib olish uchun «Manchester Yunayted» 105 mln. evro mablag' sarfladi. Vaholanki, futbolchi 2012 yilda aynan manchesterliklar safidan Turinga erkin agent sifatida kelib qo'shilgandi.
[Rasm o'chirilgan.]
2. Emanuel Adebayor. "Tottenhem" klubi hujumchisi islomni 2015 yilda qabul qildi. Uning so'zlariga ko'ra, Islomda o'zining hayot principlari sifatida qabul qilgan hislatlarini topgani tufayli bu dinni qabul qilgan.
[Rasm o'chirilgan.]
3. Mesut Ozil. Germaniya terma jamoasi va "Arsenal" yarim himoyachisi Yaqin Sharq mamlakatlari bo'ylab o'tkazgan turnesi davomida umra ibodati amallarini bajardi. Shu bilan birga u turne davomida hayrli ishga qo'l urib 80 mingdan oshiq suriyalik qochqinlar jo olgan Iordaniyadagi “Zaatari” lageridagilarga yordam berish uchun o'tkazilgan hayriya uchrashuvida ishtirok etdi.
[Rasm o'chirilgan.]
4. Abu Diabi. Marselning “Olimpik” jamoasining etakchi futbolchisi Quronni chiroyli qiroat bilan o'qishi ila mashhur. «Arsenal» bilan 2013/14 va 2014/15 yilgi mavsumlarda Angliya kubogi sohibi bo'lgan futbolchi ayni paytda o'z vatanida muvaffaqiyat bilan to'p surayotir.
[Rasm o'chirilgan.]
5. Nikolya Anelka. Franciya terma jamoasining taniqli futbolchisi. "...Umuman olganda, islomni qabul qilganimdan so'ng hayotimda hech narsani o'zgartirmadi. Chunki bunga qadar ham islomiy asosda yashardim: halollik, poklik mening shiorim edi. Men o'zim hurmat qiladigan musulmonlar bilan qo'shni yashaganim tufayli Ramazon oyida ular ro'za tutishgani bois men ham ulardek bu ibodatni ado etardim».
[Rasm o'chirilgan.]
Manba: vodiymedia.uz
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!
Fikrlar
#

 #7 Beckham (6276)
Toshkent shahri (28.02)

Olloh hammamizga nasib etsin Haj Umra qilishni Omin..)!

 Tohirjon M. (3704)
Andijon viloyati (28.02)

UmiD, 4 tasi. Anelka ham Ars.da o'ynagan.

 Aziz (2813)
Toshkent shahri (27.02)

omad yor busin

 Aziz (2813)
Toshkent shahri (27.02)

maladres uzil

 Aziz (2813)
Toshkent shahri (27.02)

ranaldo messilarda pul kup bormiydi

 Aziz (2813)
Toshkent shahri (27.02)

gap yoq
A

 ArsaFan (6669)
Toshkent shahri (27.02)

Qoyil, 5-taning ichida 3-tasi Arsenal futbolchisi bo'lgan ekan

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты