Yangiliklar tasmasi

Arsen Venger: «Santi Kasorla jismoniy jihatdan hali to‘la tayyor emas»


Muharrir: / Ko'rildi: 1512 marta
«Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger «Gvadalaxara»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng (3:1) yarim himoyachis Santi Kasorlaning mavsumga tayyorgarlik holati haqida fikr bildirdi.

«Hozirgi vaqtda u jismoniy jihatdan juda tayyor emas. Shu sababli ham tanaffusda uni almashtirdim», — dedi «Arsenal» bosh murabbiyi.

«Jismoniy jihatdan u boshqalardan biroz ortda qolmoqda, biroq, o‘ylashimcha, u bilan hammasi joyida bo‘ladi. Balki 15 avgustgacha jismoniy holatini tiklab ololmas, biroq oy oxirida unda hammasi joyida bo‘ladi», — dedi Venger.
Manba: www.sports.ru
Izoh qoldirish
O'z fikringizni yozib qoldirish uchun profilingizga kiring yoki ro'yxatdan o'ting!

© 2016 - 2024 Fc-arsenal.uz
Контакты